Mari viloyati

Mari viloyati — Turkmani- stondagi viloyat. 1970 i. 14 dek.da tash- kil etilgan (dastlab 1939 y. 21 noyab. da tashkil etilib. 1963 y. 10 yanv.da tu- gatilgan edi). G’arbdan Axal, shim. va shim,-sharkdan Lebap viloyatlari. Jan. va Jan.-sharkdan Eron va Afg’oniston b-n chegaradosh. Mayd. 86,8 ming km2. Aholisi 1146,8 ming kishi (1995). 10 tu- man, 4 shahar, 18 shaharcha bor. M.v. cho’l zonasida, Murg’ob va Tajan daryolari havzasida joylashgan. Shim. qismi Qoraqum cho’liga tutashgan. Mar- kazi Murg’ob va Tajan daryolari del- talarining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Qum gilli tekislik. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, qurilish ma- teriallari (qum, gil, ohaktosh, mergel), osh tuzi bor. Iqlimi keskin Kontinen- tal, qurg’oqchil. Iyulning o’rtacha t-rasi 28°, 32°, yanv. niki -2″, 4°. Yillik yog’in miqdori 100-300 mm. Vegetasiya davri 210-250 kun. Vaqt-vaqti b-n Jan .dan afg’on shamoli esadi va kuchli chang-to’zon ko’tariladi. Viloyat hududi xo’jaliklari suvni Qoraqum kanali, Murgob va Tajan daryolari va shu daryolarda qurilgan suv om-borlaridan oladi. Cho’l r-nlarida artezian suvlariaan foydalaniladi. Tuproqlari o’tloqi, o’tloqitaqir, ba’zi joylarda sho’rxok, bo’z, qum tuproklar. Yovvoyi o’simliklardan sakso-vul, cherkez, Qandim, qum qiyog’i, qo’ng’irbosh, pista, to’qay o’simliklari, qo’g’a va b. o’sadi. Yov- voyi hayvonlardan jayran, arxar, qulon, bezoar echkisi, qoplon, sirtlon, asalxo’r, ech-kemar, kapcha ilon va b. turli xil ke- miruvchilar, sudraluvchilar bor. Cho’l ta- biati va hayvonot olamini qo’riqlash, pistazorlarni saqlash maqsadida Bodxiz qo’rikxonasi tashkil qilingan. Aholisi, asosan, turkmanlar, shu- ningdek, o’zbek, rus, qozoq, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 9,9 kishi. Shaharlari: Mari, Bayramali, Yo’lo’tan, Sarhadobod. M.v. sanoat korxonalari, asosan, q.x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixti- soslashgan. Mari, Bayramali, Yo’lo’tan, Xonhovuz, Murg’obda paxta, jun va teri- ga dastlabki ishlov berish korxonala- ri bor. Jun va paxta yigiriladi, adyol, choyshablar ishlab chiqariladi. Oziq- ovqat sanoati korxonalarida paxta yog’i, sovun, go’sht va sut mahsulotlari, sabza- vot va meva konservalari, vino tayyorla- nadi. Marida mashxur takaturkman gi- lamlari to’qiladi. Mari mashinasozlik z-dida ishlab chikarilayotgan neft na- soslari chet mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Gaz sanoati rivojlangan. Ta- biiy gaz asosiy energetika yoqilg’isi va kimyoviy xom ashyo bo’lib qolmoqda. Respu- blikadagi ekin maydonlarining deyarli 50% M.v.dadir. Q.x.da asosiy ekin paxta hisoblanadi, shuningdek, don, sabzavot va poliz, em-xashak ekinlari ham ekila- Di. Chorvachilik rivojlangan, Qorako’l teri, jun, pilla tayyorlanadi. Mari sh. yonida Axaltaka ot zoti etishtiriladi. Viloyat respublikaning asosiy asalari- chilik r-nidir. Avialiniyalar Marini Ashxobod, Turkmanobod, Otamurot, Saraxs b-n bo- glaydi. M.v.da umumiy ta’lim, musiqa, kasb-xunar maktablari, madaniyat saroyi, kutubxona, madaniyat uylari, ped., tibbi- yot, veterinariya bilim yurtlari, Turkman drama teatri, tarix muzeyi bor. 1938 y.dan M.v. gazetasi chikariladi. Kasalxo- na, poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari ishlab turibdi. Bayramalida buyrak kasalliklarini davolaydigan iqlimiy kurort faoliyat ko’rsatadi.