Mariy el
Mariy el, Mariy el Respublika- si — Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Evropa qismining markazida, asosan, Volga daryosining so’l sohilida joylashgan. Mayd. 23,2 ming km2. Aholisi 761,2 ming kishi (1999). Poytaxti Yoshkar-ola sh. Ma’muriy jihatdan 14 tuman, 3 shaharga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. E. — respublika. Respublika boshlig’i—prezident. Kopun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat Majli- si (parlament), ijroiya hokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. Hukumatga Pre- zident boshchilik qiladi. Tabiati. Er yuzasi vodiylar va jar- liklar b-n kesilgan tekislikdan iborat. Volga daryosi so’l sohilining Sharqiy qismini Vyatka uvali yassi tepaligi (275 m gacha) egallaydi. G’arbiy qismi pastte- kislik. Daryoning o’ng so-hili esa Volga bo’yi qirlarining (198 m gacha) shim. chek- kasidir. Foydali qazilmalari: ohaktosh, dolomit, shisha va silikat qumlari, gips, torf. Iklimi mo”tadil kontinental. O’rtacha t-ra yanv.da -13°, iyulda 19°. Yi- liga 450— 500 mm yog’in yog’adi. Asosiy daryolari — Volga va uning irmoqlari Vetluga, Rutka, Katta Kokshaga, Kichik Kokshaga, Ilet. Ko’l ko’p. Tuprokutari chimli podzol, qumoq, chirindili, kul- rang o’rmon va b. M. E. hududining yarmi- dan ko’prog’i o’rmon (qarag’ay, oqqarag’ay va b. igna bargli daraxtlar). Hayvonlardan bo’ri, qo’ng’ir ayiq, tulki, Los, silovsin, quyon, bobr, turli qushlar va b. yashaydi. Katta Kokshaga qo’riqxonasi, “Mariy Cho- dri” tabiiy milliy bogi bor. Aholisi. Tub joy aholisi — Mariy- lar; rus, tatar, chuvash, ukrain va b. ham yashaydi. Rasmiy tili — meriy va rus tillari. Shahar aholisi 61,8%. Yirik shaharlari: Yoshkar-ola, Voljsk. Tarixi. M. E. hududida so’nggi Paleo- lit davridan odamlar yashay boshlagan, ne- olit davrida manzilgohlar paydo bo’lgan. Mil. 1ming yillikda qabilalaruyusha borgan. 5-10-a.larda qad. meriy elati shakllandi. 10— 12-a.larda mariylar VolgaKama Bulg’oriyasinij iqtisodiy va madaniy ta’sirida bo’ldi. 13-a.ning 30-y.larida ular mo’g’ullar asoratiga tushdi, 15-a.dan Krzon xonligi, 1551-52 y.lardan rus davlati tarkibiga kirdi. 18-a. oxirida hunarmandchilik, savdo- sotiq rivojlandi, sanoat korxonalari paydo bo’ldi. 1920 y. da RSFSR tarki- bida Mari Muxtor viloyati tuzildi. 1936 y. 5 dek.da u Mari ASSRga aylantiril- Di. 1990 y. da respublika Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida Deklarasiya qabul qildi, 1992 y.dan Mariy el Respu- blikasi deb atala boshladi. Xo’jaligi. Iqtisodiyotda sanoat etak- chi o’rinda, u asosan, mashinasozlik va metallsozlikka ixtisoslashgan. Tarmoq korxonalari Yoshkar-ola va Voljsk sh.larida joylashgan. Mashinasozlik tizimida radioelektronika va pribor- sozlik aloxida o’rin egallaydi (“elek- troavtomatika”, savdo mashinasozligi, yarim utkazgichli priborlar, sovitish jihozlari, “kontakt”, o’rmon mashina- sozligi va b. z-dlar). Mahalliy o’rmon zaxiralari negizida ko’proq g’arbiy tu- manlarda o’rmon va yogochsozlik sanoati korxonalari, Voljsk va uning yaqinida tsellyulozaqogoz, yog’ochsozlik k-tlari, gi- droliz va achitqi z-Di bar-po etilgan. M. E.da kup mikdorda sun’iy charm, qog’oz va karton ishlab chiqariladi. Qurilish industriyasi korxonalari (shisha-oyna, devorbop materiallar, yirik panelli uysozlik, temir-beton buyumlar, as- Falt-beton va keramzit-beton z-dlari) bor. Oziq-ovqat (go’sht va non k-tlari, sut, yog-pishloq, sabzavot quritish z-dlari, konditer f-kasi) va engil sano- at (trikotajtikuvchilik, charmgalantereya mahsulotlari i.ch.) rivojlangan. Zveni- govoda kemalar ta’mirlanadi. Vitamin va farmasevtika z-Di mavjud. Jan.- g’arbida torf qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 0,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. K-x.da sut va go’sht etishtirish-ga mo’ljallangan chorvachilik etakchi urinda. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. Parrandachilik va mo’yna hayvo-notchiligi yo’lga qo’yilgan. Dehqonchiliqsa don (javdar, suli, bug’doy, grechixa), dukkaklilar, texnika ekinlari (uzun tolali zig’ir), kartosh- ka^, sabzavot etishtiriladi. Em-xashak ekinlari anchagina maydonni egallaydi. Respublika shim. da Surgutdan Nijniy Novgorodga neft quvuri o’tadi. Yosh- kar-olaga gaz kuvuri keltirilgan. T.y. va avtomobil yo’llari rivoj- langan. Respublikada t.y.lar uz. — 88 km, avtomobil yo’llari uz. — 3586 km. Volga va Vetlugada kema qatnaydi. Yosh- kar-olada aeroport bor. Sog’liqni saqlash. Respublikadagi kasalxona va poliklinikalarda 2683 vrach xizmat ko’rsatadi; har 10 ming ki- shiga 35,2 vrach to’g’ri keladi. Madaniyati. Respublikadagi 435 o’rta umumiy ta’lim maktablarida 121 ming o’quvchi o’qiydi. 14 o’rta maxsus o’quv yurti (8,9 ming o’quvchi), 33 hunartexnika bi- lim yurti, 3 oliy o’quv yurti (3,8 ming talaba) — un-t, politexnika in-ti va ped. in-ti mavjud. Yoshkar-olada til, adabiyot, tarix va iqtisodiyot i.t. in- ti, Voljskda tsellyulozaqog’oz sanoati i.t. in-tining filiali, q. x. tajriba st-yasi bor. 4 teatr, filarmoniya, muzey, ko’pgina kinoteatrlar, kutubxonalar, nashriyotlar bor. Mariy va rus tillari- da radioeshittirish va teleko’rsatuvlar olib boriladi. 16-a. 2-yarmiga oid rus tosh me’morligi namunalari saqlangan [Ejovo qishlog’idagi chodirsimon qo’ng’iroqxonali cherkov (1647) va yosh- kar-oladagi Voznesensk cherkovi (1756)]. 19-a.da eklektizm ruhidagi yog’och me’- morligi rivojlangan (turar joylar, Yoshkar-oladagi teatr va b.). Keyincha- lik bosh loyiha asosida Yoshkar-ola, Voljsk, Kozmodemyansk sh.larida may- don va ko’cha ansambllari qurildi, shu- ningdek, poytaxtda temir-beton ko’prik, kasalxona binosi majmuasi, ma’muriy binolar, me’morial inshootlar va b. barpo etildi. Mariy xalqi qadimdan o’z fikr- o’ylari, orzu-umidlarini og’zaki rivoyat, afsona va qo’shiklarda ifodalab kelgan. Mariy tilidagi dastlabki poetik asar- lar (oda, kantatalar) 18-a.da Kozon Semi- nariyasi o’quvchilari tomonidan yozildi. Badiiy adabiyot esa 20-a. boshlaridagi xalq ozodlik harakati yuksalgan davrda yuzaga keldi. Milliy adabiyot asoschila- ri — S. Chavayn, G. Mikay, N. Muxinning adabiy faoliyati o’sha yillarda bosh- landi. Ke-yinroq V. Savi, O. Tinish, A. Kona-kov, o. Shabdar, Ya. Yalkaynlar ijod qila boshladi. Respublikada V. Ko- sorotov, V. Kolumb, A. Yuzikayn, V. Sa- paev, M. Yakimov kabi shoir va yozuvchilar mashhur. M. xududidan topilgan jonivorlar- ning loy va toshdan yasalgan qiyofalari mil. AV. 2-ming yillikka mansub deb hisoblanadi, jez davrida metal taqinchoklar paydo bo’lgan. Amaliy bez- AK san’atining har xil turlari: yog’och o’ymakorligi, kashtachilik, to’quvchilik, zargarlik qadim zamonlardan ma’lum. 20-a.da rassomlardan V. Timofeev, P. Radimov, P. Grigorev K. Egorov, E. At- lashkinlar zamonaviy tasviriy san’atga asos soldilar. 1jahon urushi yillari- da rangtasvirchilardan B. Osipov, I. Plandin, urushdan key-in I. Mamaev, 3. Lavrentev, S. Podmaryov, A. Zarubin, B. Pushkov; haykaltaroshlardan F. Shaber- din, V. Kozmin; grafiklardan L. Akaze- eV, I. Mixaylin va b. ijod qildi. Mariy xalqining ko’xna musiqa ma- daniyati faqat xalq qo’shiq ijodkor- ligidan iborat bo’lgan. Qo’shiqlar bir ovozli bo’lib, pentatonika (besh torli cholg’u asbobi)ga asoslangan, o’zgaruvchan o’lchovlar uchrab turadi. Raqslar shaxdam maromda va mayin ohangda ijro etila- Di. Chertib chalinadigan kusle, dam b-n chalinadigan shuvir, tumir (baraban), shiyaltish (sibizg’a), shushpik (hushtak), kovij (2 torli skripka) kabi cholg’u as- boblari bor. I. Palantay professional musiqaga asos solgan. Kompozitorlar orasida I. Iskandarov, N. Sidushkin, Ya. Eshpay, E. Sapaev kabilar mashhur. M.davlat musiqa bilim yurti, bir necha musiqa maktabi mavjud. Xalq marosim va bayram tomoshalarida teatr san’ati unsurlari bo’lgan. 1910 y.da Mariy tili- da spektakl sahnalashtirildi. 1919 y.da Mariy xalqi sayyor teatri tashkil etil- Di. 1927 y.da ochilgan Mariy musiqali drama san’ati studiyasi professional teatrning kamol topishida muhim rol o’ynadi. 1920 y.da Mariy davlat teatri barpo etildi. Uning sahnasida Mariy va chet el mualliflari pesalari qo’yildi. Rej. lardan N. Kalender, G. Ioselia- ni, teatr arboblaridan T.Grigorev, G. Pushkin, A. Strausova, A. Tixonova, I. Rossigin, I. Emelyanov teatr san’atini rivojlantirishga katta hissa qo’shdilar.