Marjon orollari
Marjon orollari – marjon hayvonlari, suvo`tlar va boshqa organizmlar qoldiqlari yig`ilishidan vujudga kelgan orollar. Hozirgi zamon marjon orollari ekvatorial va tropik o`lkalardai boshqa yerlarda uchramaydi. Faqat golfstrim oqimi o`tadigan Bagama orollari yaqinidagina tropiklardan tashqarida uchraydi. Marjon orollari joylashgan o`rni va shakliga qarab, qirg`oq riflari, to`siq riflari, atollarga bo`linadi.