Markaziy Afrika

Markaziy Afrika, ekvatorial Afrika — Afrikadagi tabiiy ob- Last. Afrikaning Atlantika okeanidan Sharqiy Afrika yassitog’ligining g’arbiy yon bag’irlarigacha bo’lgan qismini, ya’ni 7° sh.k. b-n 13° j.k. o’rtasidagi erlarni va Gvineya qo’ltig’idagi vulkan orolla- rini o’z ichiga oladi. Re-lefiga ko’ra 3 qismga bo’linadi: 1) Kongo botig’i (botiq tubining dengiz sathidan bal. 300-500 m) — bu erda ustini qalin cho’kindi jin- slar qoplagan tekisliklar asosiy o’rin tutadi; 2) chekkadagi qirlar — shim. da Azande yoki banda qirlari va ango- la yassitog’liklari (balandligi shim. va garbida 500-1000 m, Jan.da 1000 m dan ortiq), bu erlarda usti bir oz pastbaland peneplenlar va yassi qirlar ko’p uchraydi. Ko’p qismida qad. kristall jinsli zami- ni er yuzasiga chiqib yotadi. So’nmagan Ka- merun vulkani (4070 m) atrofida relef ayniqsa pastbaland; 3) Atlantika bo’yi akku-mulyativ pasttekisligi. 3° sh.k. b-n 2— 3° j.k. orasida, iqlimi ekvatorial iqlim, yil bo’yi sernam. Yillik yog’in 1500 mm dan ortiq (Kamerunning g’arbiy yon bag’rida 10000 mm dan ko’proq); shim. va Jan.da subekvatorial iqlim, yog’in yozda yog’adi (yiliga 1000 mm dan ko’p), at- lantika sohilida Lopes burnidan Jan. da tropik iqlim; yog’in 200— 300 mm. Harorat hamma joyda yuqori (25-28°). Dare ko’p, hammasi sersuv. Eng yirik daryolari — Kongo (Zair) va uning ir- moklari (Ubangi, Kasai va b.), Sanaga, Ogove, Kvanza. Daryolar gidroenergiyaga boy. Ekvatorial iqlim zonasida doim yashil ekvatorial o’rmonlar bor, shim. va Jan.da quruq mavsumda barg tashlaydi- gan o’rmonlar va bo’liq ugli savannalar uchraydi. Lundakatanga qirlarida barg to’kadigan savanna, Kongo daryosi etagi- dan Jan.da tipik savanna o’rmonlari, Daryo etaklarida mangra chakalakzorlari bor. Kamerun tog’ida tog’-o’rmon va tog’- o’tloq o’simliklari o’sadi. Hayvonot du- nyosi Efiopiya oblastiga mansub. M.A. da Kamerun, Markaziy Afrika Respublika- si, Gabon, Kongo demokratik Respubli- kasi, Kongo Respublikasi, Zambiya, Chad, Angola, Ekvatorial Gvineya, San-Tome va Prinsipi davlatlari joylashgan.