Marketing

Marketing (ing. market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxona- ning tovarlar i.ch. va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. “M.”ata- masi iste’molga 19-a.ning 60-y.larida Makkovern tomonidan kiritilgan. M. nazariy kontsepsiya va tijorat faoliya- tining o’ziga xos hodisasi tarzida 20-a. boshlarida AQShda ilk bor qo’llanildi. I.ch. va kapitalning yuksak darajada to’planishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar qukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish mu- ammosini ob’ektiv tarzda birinchi o’ringa chiqardi. 1908 y.da AQShda M. muammolarini o’rganadigan birinchi IX- tisoslashgan firma paydo bo’ldi. 1911 y.da esa o’sha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari b-n shug’ullanadigan dastlabki bo’limlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni o’rganish, reklama, xaridorlarga xiz- mat ko’rsatish va boshqarishning boshqa vazifalari b-n shug’ullanadigan M. bo’limlari ta’sis etila boshlandi. 1931 y.da Amerika M. jamiyati, 1937 y.da esa Amerika M. milliy uyushmasi tuzildi. 20-a.ning 50-60-y.larida xalqaro M. federasiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing bo’yicha Evropa jamiyati va Ev- ropa marketing akademiyasi kabi xalqaro M. tashkilotlari tuzildi. Bozorni bilish (iste’molchilarni har tomonlama o’rganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga mosla- shish, bozorga ta’sir o’tkazish M.ning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, M.ni qo’llash b-n bog’liq masalalarni kompleks ravishda o’rganish; mahsulot as- sortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga rag’bat beradigan tadbirlar- ni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish M. faoliya- tining mazmunini belgilaydi. Mutaxas- sislar M.ning 9 ta asosiy vazifasini ko’rsatib o’tadilar: rejalashtirish va mahsulotni yaratish; mahsulotning navi va standartlarini belgilash; mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; sotish; omborga joylash; transport xizmati; M. faoliyatini moliyalash; xatarlar va bo- zorga oid axborotlar to’plash. ^ O’zbekistonda 1980-y.lardan boshlab iqtisodiyot o’quv yurtlarida M. kurslari o’qitila boshlandi. Shu yillari M. ma- salalari b-n S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Ra- imov kabi olimlar i.t. ishlari olib bor- dilar. 1986 y.da “Sovplastital” qo’shma korxonasida birinchi bo’lib M. bo’limi tuzildi. Key-ingi yillarda “Toshkent to’qimachilik mashinasozlik zavodi” AK- tsiyadorlik jamiyati, “V. P. Chkalov no- midagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aktsiyadorlik bir- lashmasi, “Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi” aktsiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham M. bo’limlari ochildi. Hoz. mamlakatimizda faoliyat kursatayotgan tijorat banklari, yirik i.ch. korxonalarining aksariyatida M. bo’limlari ish olib boradi (yana q. Mar- keting xizmatlari). Ad.: Kotler F., Osnovi marketin – ga, M, 1997; Nosirov P., Abdullaeva L., Marketing — bozor iqtisodiyoti asosi, T., 1995; Jalolov J. J., Marketing, T., 1999; G’ulomov S. S, marketing asoslari, T., 2002. Jamolxon Jalolov.