MARKETING MODELLARI

MARKETING MODELLARI – l) foyda olish yoki uni o’stirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi subyektlari xulq-atvorini ko’rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko’rsatish va rivojlanishda marketing muhiti hamda subyektlarining funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitasiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmuyi; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo’lish modeli, reklama modeli va h.k.).