Marokash

Marokash, Marokash Podshohligi (Al-mamlaka al-Mag’ribiya yoki Al- Mag’rib al-aksa, ma’nosi — uzoq G’arb) — Afrikaning shim.-g’arbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2. Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—Rabot sh. Ma’muriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — Konstitusi- yali monarxiya. Amaldagi Konstitu- tsiyasi 1972 y.da qabul qilingan, unga 1992 va 1996 y. referendumlarda qabul qilingan o’zgartirishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — podshoh (1999 y.dan Muhammad VI). U bosh vazir va vazir- larni tayinlaydi hamda lavozimidan bo’shatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni podshoh va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. hududining aksar qismini tog’lar, baland tekisliklar va plato (Meseta)lar egallaydi. Jan.- g’arbdan shim.-Sharq tomon Atlas tog’lari cho’zilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol tog’i (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. O’rta dengiz sohilining ko’p qismi tog’lik, qulay buxtalari bor. Jan. va Jan.- Sharqdagi Sahroi Kabir cho’li qumloq va toshloqlan iborat. M. hududida zil- zilalar bo’lib turadi. Kobalt, marga- nes, qo’rg’oshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, ko’mir konlari bor. M. ko’p qismining iqlimi subtropik; iyulning o’rtacha t-rasi 24°— 28°, yanv. niki 10°-12°, tog’lardagi iqlim — kon- tinental. O’rtacha yillik yog’in tog’larda va shim.da 1000 mm ga yaqin, Jan.da 200 mm gacha. Ko’p daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-ur- Robia. Quruq o’rmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Shim.dagi sohil tekisliklari va tog’orasidagi soili- klar hamda vodiylarning qumloq, gil- li qoramtir tuproklari g’oyat umumdor. O’rmonlar, asosan, tog’larda saqlanib qolgan va M. hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurg’oqchil dasht, chala cho’l va cho’llarda alfa o’ti, shuvoq va D-rin, O’rta dengiz sohilida makvis butalari o’sadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi cho’chqa, chiyabo’ri, ilon, toshbaqa, shuningdek, am- fibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Tog’larda makaka maymun, sirtlon, PanteRa, tog’daryolarida xonbaliq uchray- Di. Dengizdan baliq ovlanadi. Aholisining asosiy qismi — maro- kashlik arablar va barbarlar. Frantsuz- lar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — Arab tili. Davlat dini — Islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va b. Tarixi. Hoz. M. hududida azaldan Liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik b-n shug’ullangan, mil. AV. 2-ming yillik oxirlarida sohilda Fi – nikiylarning bir qancha jamoalari pay- do bo’lgan; bu jamoalar keyinchalik kar- Fagen qo’l ostiga, Karfagen emirilga- nidan keyin (mil. AV. 2-a.) Shimoliy M. Rim imperiyasi qo’l ostiga o’tdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo bo’ldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, M. ning kup kismida urug’chilikqabilachilik tu- zumi xukmron edi. 5-a.da M.ning shim. kismini vandallar, 6-a.da Vizantiya bo- sib oldi. 702-711 y.larda M. hududi Arab xa- lifaligiga qo’shib olindi. Mamlakatda Arab tili va Islom dini tarqala bosh- ladi. 788 y. M.dagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-a. ning 20-y.larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga bo’linib ketdi. 13-a.ning 2-yarmida M.da hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qo’liga o’tdi (1195-1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi bo’lib qoldi. Birok, 15-a.da mamlakat yana bo’linib ket- Di. Ana shu davrdan M. hududini Evropa- liklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, O’rta dengiz sohilini is- panlar bosib ola boshladi. 17-a. oxiri va 18-a. boshlarida ma- rokashliklar evropaliklarni M.dan, asosan, haydab chiqardilar. 19-a.ning 40-y.laridan Evropa davlatlarining qo’shinlari yana kirib kela boshladi — 1844 y. Frantsiya, 1859 y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Evropa davlatlarining mamlakat ichka- risiga kirib borishiga yo’l qo’ymaslik, parokandalikka barham berish, shuning- dek, to’xtovsiz qo’zg’olonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot o’tkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907 y. Fran- tsiya qo’shinlari M.ning shim.-sharqidagi Vujda sh. atroflarini, so’ngra Kasablan- ka sh. va Shauya viloyatini, Ispaniya Me- Lilya sh. atroflarini bosib oldi. Bun- ga javoban mustamlakachilarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. 1912 y. tuzilgan Frantsiya-M. (30 mart) va Frantsiya-Ispa- niya (27 noyab.) shartnomalariga ko’ra, M. hududining katta qismi (80%)da Fran- tsiya, kichikrok, shim. va Jan. qismlarida Ispaniya protektorati o’rnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona bo’lib qoldi. M. xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qo’zg’olon ko’tardi. 1921 y. rif qabilalari AB- dulkarim rahbarligida rif viloyatida ispanlar qo’lidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Frantsiyaning Birlashgan kuchlari b-n bo’lgan shiddat- li janglardan keyin rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Frantsiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilar- ga karshi qattiq qarshilik ko’rsatishni davom ettirdilar. 2-jahon urushi yil- larida ozodlik harakati kuchayib ketdi. 50-y.larning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qo’shildi. Frantsiya protektorati hokimlari mil- liy ozodlik harakati qatnashchilarini quvg’in ostiga oldi. 1952 y. 8 dek. da Kasablankada ommaviy namoy- ish qatnashchilaridan yuzlab kishilar o’ldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955 y.larda M.da yana ish tashlashlar va namoyishlar bo’lib o’tdi. Dunyodagi boshqa ilg’or kuchlar M. xalqining milliy ozodlik harakatini qo’llab quvvatladilar. Oqibatda Fran- tsiya protektorata M.da milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955 y. 7 dek.) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi (1957 y. 2 mart). 1956 y. 7 apr.da Ispaniya protek- torata ham bekor qilindi, 1957 y. 1 yanv. da Tanjer M. tarkibiga qo’shildi. 1962 y. dek.da M.ning birinchi Konstitusi- yasi qabul etildi, 1963 y. mayda parla- ment saylovi bo’lib o’tdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar so- nining ko’payishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat a’zolari tez-tez al- mashinib turdi. “Istiqlol” partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida bo’linish ro’y berdi; uning so’l qismi Xalq kuchlari milliy Ittifoqi partiyasi nomi b-n ajralib chikdi (1959). 1964— 65 y.larda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiy- ijtimoiy o’zgarishlar o’tkazilishi shior’?1ari ostida ish tashlashlar va om- maviy mitinglar bo’lib o’tdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bosti- rildi. 1965 y. 7 iyunda M.da fav-qulodda holat e’lon qilindi, podshoh hukumat iste’fosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni o’z qo’liga oldi. 1970 y. iyulda favqulodda holat be- kor qilindi. 21 va 28 avg.da parlament saylovi bo’lib o’tdi. 1972 y. 1 martda re- ferendum bo’lib, yangi Konstitusiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi. Podshoh Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973 y.da bir qancha iqtisodiy tadbirlar o’tkazilishini e’lon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini o’tkaza boshladi. Konstitusiyaga 1992 y.da ki- ritilgan o’zgartirishlarga bi-noan, par- lamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, M.ning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. M. 1956 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n Di- plomatiya munosabatlarini 1993 y. 11 okt.da o’rnatgan. Milliy bayrami — 30 iyul — taxt kuni (1999). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Istiqlol partiyasi, 1943 y. tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy Ittifoqi partiyasi, 1959 y. tuzilgan; taraqqiyot va sosializm partiyasi, 1974 y. asos so- lingan; Konstitusiyachi ittifoq, 1983 y. ta’sis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959 y. tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981 y. asos solingan; Xalq mil- liy harakati, 1991 y. tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978 y. ta’sis etilgan; Xalq kuchlari sosialistik itti- foqi, 1974 y. tuzilgan; Sosialdemokra- tik harakat, 1996 y. asos solingan. M. mehnatkashlari umumiy Ittifoqi, 1960 y. tashkil etilgan; M. mehnat Ittifoqi, 1955 y. tuzilgan; demokratik mehnat konfederasiyasi, 1978 y. asos solingan. Xo’jaligi. M. — agrar mamlakat bo’lib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik q.x. fermalari va zamonaviy sa- noat korxonalari b-n bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda Tovar dehqon xo’jaliklari katta o’rin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin M. hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xo’jalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tar- tibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda q. x.ning ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi — M. iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan erlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu erlar- ning ko’p qismiga donli ekinlar ekila- Di. Iqtisodiy faol aholining 50% q. x.da band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. ta’min- laydi. Dehqonchilik mahsulotining yar- midan ko’prog’ini donli ekinlar beradi. Bug’doy, arpa, makkajo’xori, oq jo’xori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, pax- ta, dukkaklilar ham etishtiriladi; tok- zorlar, zaytunzorlar, tsitruszorlar ko’p. Jami er fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va o’tloklar, 12% ni o’rmon va buta- zorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan erlarning 95% mamlakat shim.da joy- lashgan. Mayda falloh xo’jaliklari b-n bir katorda yirik mexanizasiyalashgan serdaromad ho’jaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qo’y, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. O’rmonlarda po’kakli dub qobig’i va evkalipt yog’ochi, palma bargi tayyorlanadi. Sanoati. M.ning i.ch. sanoatida ik- tisodiy faol aholining 23% band. M.da dunyodagi fosfat xom ashyosi za- xiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida M. dunyoda 3-o’rinda, eksport qilish jihatidan 1 -o’rinda tu- radi. I.ch. sanoatining to’qimachilik, ko’nchilik, kimyo, neft kimyosi, farma- tsevtika va tsement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot i.ch.ga yo’naltirilgan. Yangi qurilgan o’nlab korxonalar sano- atning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha o’zgartirib yubordi. Mamlakatda ka- zib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va tsement z-dlari, rangli metallurgiya korxonala- ri barpo etildi. Yiliga o’rtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-y.larning o’rtalaridan boshlab chet- dan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foy- dalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ish- lab chiqaruvchi korxonalar shu jum- laga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim o’rin egallaydi. Oziq-ovqat va to’qimachilik i.ch. sa- noatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut z-dlari bor. To’qimachilik sanoati tarkibidagi kor- xonalarning aksariyat qismi mayda va o’rta f-kalardan iborat. Fos sh.da yirik to’qimachilik k-ti qurilgan. Rabotda va ko’hna shaharlarda hunarmandlar ko’proq gilamdo’zlik b-n shu-g’ullanadi. Og’ir sanoatning muhim tarmog’i bo’lmish kimyo sanoati, asosan, fos- Fat xom ashyosini qayta ishlash b-n shug’ullanadi. Fosfor kislota va ki- myoviy o’g’it olish uchun safi yaqinida qurilgan kimyo z-dlari yiliga 4 mln. T dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash z-dlari va b. shaharlardagi 9 ta tsement z-Di (eng yirigi Kasablankada), 7 ta me- Tall ishlash va avtoyig’uv z-dini ko’rsatib o’tish mumkin. Nadordagi po’lat prokat tsexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda t.y. asosiy rol o’ynaydi. 2000 km t.y.dan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy t.y. magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda M.ning garbiy va Sharqiy qismlarini jazo-ir va Tunis b-n tutashiradi. Avtomobil yo’llari uz. 60 ming km. M.da 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi Aero- portdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Ag’odir, Tanjer. M. chetga, asosan, sanoat va q.x. xom ashyosi — fosforit, rangli metall ruda- lari, tsitrus meva, baliq va uning kon- servasi, sabzavot, meva va ularning kon- servasi, fosfor kislota, o’g’it, po’kak, ka- LAVA ip, jun, teri, go’sht va b. chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbob- uskunalari, iste’mol bu-yumlari, ki- myoviy mahsulotlar, g’alla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mi- jozlari: Frantsiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, ita- liya. Pul birligi — M. dirhami. Tibbiy xizmati. Davlat tibbiy mu- assasalari b-n bir qatorda xususiy shi- foxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka un-tlarining tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 859 y. Fosda Afri- kada birinchi musulmon unti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari bo’lgan. Frantsuzlar hukmronligi davri- da (1912 y.dan) davlat dunyoviy maktabla- rining 2 turi (evropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956 y. mustaqillik e’lon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savod- sizlikni tugatish choralari kurila bosh- ladi. 1963 y.da bolalarni 6-7 yoshdan 13-14 yoshgacha majburiy o’qitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlang’ich maktab- da o’qish muddati 5 y., o’rta maktabda 7 y. Oliy o’quv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi un-t (1957), Fos sh.da Kara- UIN nomidagi musulmon unti (859), Muhammad bin Abdulloh nomidagi un-t (1973), Kasablankada Hasan II no- midagi un-t (1975), 12 ta in-t va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis san’at maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy in-ti, Agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, Muhammad V nomidagi un-t huzurida i. t. markazi, M. geogr. milliy qo’mitasi, Milliy gigiena in- ti (Rabotda), okeanografiya in-ti (kasa- blankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977 y. Podshoxlik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada munisipal ku- tubxona, Rabotda Markaziy kutubxona arxivi b-n, un-tlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon sh.larida kutub- xonalar bor. Rabotda antik san’at va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarog’ muzeyi, Titvonda arxeologiya, san’at va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjer- da muzeylar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da 20 ga yaqin gaz. va bir kancha jur. nashr etiladi. Eng yiri- klari: “Al-alam” (“bayroq”, Arab tili- da chiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), “Al-Anba” (“xabarlar”, Arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1971 y.dan), “Al-bayon” (Arab va frantsuz til- larida chiqadigan kundalik gaz., 1972 y.dan), “Ad-demokrati” (“demokrat”, Arab va frantsuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), “Al-Mag’rib” (“G’arb”, frantsuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1977 y.dan), “opinon” (“Fikr”, frantsuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1965 y.dan), “Risolat al- Umma” (“millat risolasi”, Arab tili- da chiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), “Lyam alif” (frantsuz tilida chiqadigan oylik jur., 1966 y.dan). Mag’rib Arab Press — map — xukumat axborot agentligi 1959 y.da tuzilgan. M. radio- eshittirishi va teleko’rsatuvi, hukumat Mahkamasi. Radioeshittirishlar Arab, ingliz, frantsuz tillarida olib borila- Di. Adabiyoti. M.da adabiy asarlar Arab, barbar, frantsuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz Arab tilidagi adabiyot umumiy Arab adabiyoti yo’lidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) Arab adabiyoti ta’- sirida rivojlandi. Mahalliy Arab lax- jasidagi va barbar tilidagi xalq og’zaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12-14-a.lar she’riyatida siyosiy hajviya asosiy o’rinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-Shayd kabi shoirlar). Nasrda ko’proq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar to’g’risida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vaki- li — Ibn Batuta). 13-a. boshlarida ba- diiy yilnomalar yaratish an’anabo’lib, 19-a.gacha davom etdi. 15— 16-a.larda M. adabiyotida ko’proq mash-xur kishilar hayotiga bag’ishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16-18-a.lar she’riyati- da bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz Arab she’ri- yati an’analari M. adabiyotida 20-a.ning o’rtalarigacha davom etdi. 16-a.dan bosh- lab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi an’- analari, Marokash sh. va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq she’riyati musiqa va kuy b-n mustahkam bog’langan. M.ning Arab va frantsuz tillarida- gi hoz. zamon adabiyoti 2-jahon urushi- dan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi ta’sirida rivojlana boshla- Di. A. Benjellun (“bolalikda” va b.) va M. Safriui (“Mo”jizalar do’koni” va b.) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-y.larda Fran- suz tilida yozilgan romanlar salmokli o’rinni egalladi (M. A. Lahbobiyning “Umid qo’shiqlari” va “zulmatdan ziyo- ga” asarlari). 60-y.lar adabiyotida dra- maturgiya paydo bo’ldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. G’allabning “etti eshik”, Lahbobiyning “Tashna avlod” va b.). Bu davrda M. ada- biyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi iste’dodli yoshlar kirib keldi. 1960 y.da yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblar- dan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbog’, A. as-Salom, A. Larua, M. Barra- da va b. mashhur. Me’morligi va tasviriy san’ati. M. hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, qush tasvirlari), mil. AV. 1ming yillikka mansub aylana tosh qabristonlar, keyinroq ishlangan qizil sirli sopol idishlar saqlangan. Mil. AV. 1-a.— mil. 3-a.ga oid Rim davri shaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) xarobalarida me’moriy obidalar, naqsh va haykallar qoldiklari uchraydi. Milod boshlarida barbar san’ati rivoj topdi. M. Hududi Arab xalifaligiga qo’shilgach, Arab badiiy an’analari va uslublari ki- rib keldi, musulmon me’morligi rivoj- landi. O’rta asrlarda bu o’lkada minora- li, to’g’ri to’rtburchakli devor b-n o’ralgan shaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir necha ibodatxonali gumbazlari muqarnas va serg’ovakli machitlar, saroy- lar qurildi. Muhim binolar tosh va yog’och o’ymakorligi b-n bezatilgan (Kutubiya ma- chitining mi-norasi, 1184-99), 11 -13- a. larda shaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qal’alar qurildi. Binokorlikda tosh, loy, g’ishtdan keng foydalanidtsi. 13-14-a. me’morligi- da, ayniqsa, bezakka alohida e’tibor qilindi, binolar o’yib naqsh ishlangan marmar, yog’och, koshin, sopol va oyna mo- Zaika b-n bezatildi, vitrajlar ishlandi (Tosdagi katta machit, 12-13-a., Fosdagi Attarin madrasasi, 1323-25). 16— 17-a. madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari b-n diqqatga sazovor (Marokash sh.dagi maqbaralar majmui, 16-a. 2-yarmi). 19-a.da Fos, Miknas, Ma- rokashda ichki hovlili muhtasham saroy- lar qurildi. Ko’pgina shaharlarda 1-2 qavatli, ichki hovlili turar joylar 20-a.gacha ham saqlangan. Shaharlardan tashqarida tomi poxol b-n kulohsimon qilib yopilgan, qamish devorlari loy b-n suvalgan uylar ko’p qurilgan. O’rta asrlarda M.da shoyi, kundal matolar to’qish, gilamdo’zlik, kulol- lik, jezni badiiy ishlash avj olgan. M. Frantsiya ta’siri ostida bo’lgan yillarda mamlakatda evropacha kvar- tallar qurildi. 1950 y.lardan M.da zamonaviy uylar qurila boshladi. M. mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, ko’p qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta ku- rila boshladi. Marokashlik me’morlar mahalliy sharoitga moslab, milliy an’- analar ruhida ishlagan loyihalar asosi- da turar joylar, jamoat binolari, sano- at inshootlari keng ko’lamda qurila bosh- ladi. M. uchun yangilik bo’lgan tasviriy san’at rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi me’morlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka sh.larida amaliy san’at ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdo’zlik, charmni kashta b-n bezash san’ati rivoj topgan, zargar- lik, kandakorlik, mis idish va buyumlar- ni qadama naqsh b-n bezash san’ati ham keng tarqalgan. Musiqasi barbar va Arab madaniyat- laryning o’zaro ta’sirida rivojlangan. Asl barbar musiqa san’ati namunalari M. qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa she’riyat va raqs b-n uzviy bog’langan. Qo’shiq b-n ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. M.ning shim.-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va Jan.-g’arbda yashaydigan bar- barlarda axuax musiqiy uslublari shak- llangan. Axidu kuylari ixcham diapa- zonli, xromatizmga boy, axuax kuylari evropacha an’analarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: Kasba (nay), arxanim, bendir, Tarija, skripka va b.lardan iborat. Arab musiqa san’ati turli-tuman bo’lib, Arab mumtoz (alo’va samo’) va xalq (grix) musiqalarini o’z ichiga ola- Di. Alo’va samo’kuylari ba’zan bir- biriga yaqin bo’lsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Alo’ — du- nyoviy, saroy san’ati bo’lib, asosini mumtoz Arab she’riyati tashkil etadi. Samo’ — diniy mazmundagi madhiya, Mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qo’shiqlari — grixlar qiroatga asos- langan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va b. tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning o’ziga xos mag’ribcha US- lubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozan- da (qonun) va musiqashunos S. Sha-rqiy mashhur. M.da Milliy musiqa, raqs va drama san’ati konservatoriyasi (Rabot- da), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960 y.dan M.da har yili milliy musiqa festivali o’tkaziladi. Teatri. M. teatr san’ati xalq maro- simlari, rasmrusumlari va o’yinlari asosida vujudga kelgan. 12-a.dan soya va qo’g’irchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf bo’ldi. 19- a. oxirlarida mierlik va suriyalik trup- palar gastrol bera boshladi. Frantsuz va ispan hukmronligi davri (1912-56) da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda ko’pgina tomoshalar qo’yildi. Ba’zi havaskor aktyorlar Evropada ta’lim olib keldilar. 1923 y. Fosda uyushgan truppa 1929 y.gacha (rahbari dramaturg va rej. Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha ko’rsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchili- gidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjer- da ham kichik truppalar tuzildi. 1956 y.dan keyin teatr san’ati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toy- ib Saddiqining munisipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) etakchi teatrlarda Ev- ropa, Arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961 y. radiola bi- rinchi professional truppa tashkil top- Di. M.da 100 dan ortiq havaskorlik teat- rlari mavjud. 1960 y.dan Marokash sh.da M. san’ati festivallari o’tkazildi. 1959 y. Rabotda ochilgan drama san’ati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962 y.dan musiqa, raqs va drama san’ati milliy konserva- toriyasi ishlay boshladi. Kinosi. Dastlabki hujjatli fil- mlarni frantsuz operatorlari 1897 y.da yaratishdi. 1919-54 y.larda Fran- suz rej.lari, asosan, Sharq afsonalari asosida 50 ga yaqin to’la metrajli ba- diiy filmni suratga oldilar. 1944 y. M. kinomarkazi tashkil etildi va bi- rinchi “Sussi” kinostudiyasi qurildi. Mustaqillikdan keyin hujjatli va ba- diiy filmlar chiqarish yo’lga qo’yildi. 1958 y.dan muntazam “Marokash yangili- gi” kinojur. chiqa boshladi. 1968-70 y.larda Kasablanka yaqinida “Ayn- Shoke” studiyasi tashkil etildi. 80-90- y.larda rej. A. Maanuni, M. Reggab, S. Bin Barka, F. Burkia ijtimoiy mavzuda filmlar yaratdilar. “Izlar”, “Bahor quyoshi”, “kunlar, kunlar”, “neft uru- shi bo’lmaydi” filmlari shu jumlaga kiradi. Yiliga 450 ta xorijiy (asosan, Frantsiya, Italiya, Hindistondan) fil- mlar sotib olinadi.