Marshall orollari
Marshall orollari – Tinch okeandagi arxipelag, Mikroneziyada. Bir necha yuz marjon Orol, atoll va riflardan iborat. Marshall orollarini 1529 yilda ispan dengizchi sayyohi A. Saavedra Yevropaliklarga ma’lum qilgan. Orollarni keyinroq ingliz tadqiqotchilari D. Gilbert va J. Marshall mukammalroq o’rganganlar. Orollarda Marshall Orollari Respublikasi joylashgan.