Marshall orollari

Marshall orollari, Marshall Orollari Respublikasi (The Republic of Marshall islands) — tinch okeanning g’arbiy qismidagi Marshall orollari arxipelagida joylashgan davlat. Arxi- pelag bir necha yuz orolning 2 guruhi: Radak va Ralikdan iborat. Mayd. 180 km2. Aholisi 70,82 ming kishi (2001). Poytaxti Majuro o.dagi Majuro sh. Ma’muriy jihatdan 25 tuman (district)ra bo’lingan. Deyarli barcha aholisi mikro- nezlar irqiy toifasiga kiruvchi Mar- shalliklar; protestan-tlikka e’tiqod qiladi. Rasmiy tili — ingliz tili. Davlat tuzumi. M. O. — respublika, AQSh b-n “erkin uyushgan” davlat. 1979 y. 1 maydagi Konstitusiya amal qiladi. Davlat boshlig’i — prezident (2000 y.dan Kessai Nout), u parlament a’zolari ora- sidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — parlament, u aholi tomonidan 4 y. muddatga saylana – Di. Ijroiya hokimiyatni prezident amal- ga oshiradi, u parlament a’zolari orasi- dan hukumat a’zolarini tanlab oladi. Tabiati. Er yuzasi pasttekislik, asosan, marjon ohaktoshlardan tarkib topgan. Ikdimi shim.da tropik, passat- li, Jan.da subekvatorial. Yillik yog’in 2000-4000 mm. Butazorlar, kokos pal- mazorlari va doim yashil o’rmonlar bor, ichki qo’ltikdar atrofida man-gra buta- lari usadi. Tarixi. Marshall o.larini 1529 y.da] ispan dengizchi sayyohi Alvaro de sa- avedra kashf etgan, 1788 y.da esa ingliz tadqiqotchilari J. Marshall va T. Gil- Bert mufassal o’rganganlar. Orollar J. Marshall nomi b-n atalgan. Tinch okeanning g’arbiy qismida joylashgan Mariana, Karolina va Marshall o.lari, shuningdek, Palau o. 17-a.dan 19-a.gacha Ispaniya mustamlakasi bo’lgan. 1885 y.da Germaniya Ispaniyaning za-iflashuvidan foydalanib, Marshall o.larini tortib oldi. 1914 y.da orollar Yaponiya kuliga o’tdi, 1920 y.da Millatlar ligasi Yapo- niyaga shu orollarni boshqarish manda- tini berdi. 1945 y.da orollarni Ameri- kaliklar bosib oldi, 1947 y.da esa BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga bi- noan, Mikroneziya (orollarning umumiy nomi) BMTning AQSh boshqaruvidagi er-mulkiga aylantirildi. 1952 y.gacha Tinch okeandagi vasiylik xududi orolla- ri AQSh harbiydengiz floti qarmog’ida turdi, so’ngra AQSh ichki ishlar vazirli- giga olib berildi. 1962 y.da vasiylik- dagi xudud orollarida Amerika oliy ko- missari boshchiligidagi fuqaro ma’mu- riyati joriy etildi. 1964 y.da mahalliy qonun chiqaruvchi organ sifatida che- klangan huqukli Mikroneziya Kongressi ta’sis etildi. 1967 y.da Mikroneziya Kongressi orollarning bo’lajak siyosiy maqomini belgilovchi komissiya tuzdi.