Maskat

Maskat — Ummon sultonligi poytaxti, Arabiston yarim orolining Sharqiy qismida. Ummon qo’ltig’i sohilidagi dengiz porti (chetga xurmo, mevalar, quritilgan baliq chiqariladi). Aholisi 52 ming kishidan ziyod (1993). Karvon yo’llari tuguni. Savdohunarmandchilik markazi. Universitet bor. Me’moriy yodgorliklaridan o’rta asrlarda qurilgan turar joylar, 16-asrda portugallar qurgan fortlar saqlangan. Shahar yaqinida xalqaro aeroport bor.