Matiss (Matisse) Anri Emil Be-Nua

Matiss (Matisse) Anri Emil Be-Nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simez, Nissa yaqinida) — frantsuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Pa- rijdagi Jyulian akademiyasida (1891 y.dan), bezak san’ati maktabi (1893 y.dan) va nafis san’at maktabi (1895— 99)da ta’lim olgan. Sharqsan’-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga kat- ta ta’sir ko’rsatgan. M. ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozisiya va sof ranglarda tas- virlanadi: “Qizilxona” (1908), “raqs”, “Musiqa” (1910), “rassomning usta- xonasi”, “qizil baliqchalar” (1911), “Musiqa darsi” (1916-17), “chig’anoqli natyurmort” (1940) va b. M. 1900-y.lar- dan haykaltaroshlik b-n shug’ullandi; grafik rassom sifatida gravyura, lito- grafiya, ofort asarlari yaratdi (“Mavzu va variasiyalar”, 1941 va b.), 1940 y.larda ko’proq rangli qog’oz b-n applikasiya usu- lida asarlar ishladi (“jaz” turkumi, 1944-47 va b.).