Matyash Xunyadi

Matyash Xunyadi (Matyas Hunyadi), Matvey Korvin (1443.23.2, Koloj- var – 1490.6.4, Vena) — Vengriya qiroli (1458-90). Yanosh Xunyadining o’g’li. Mamlakatni markazlashtirish siyosatini olib borgan,-muntazam qo’shin tuzgan va uning yordamida Vengriyaga xavf solgan. Usmonli turk imperiyasiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1468 yil Chexiyaga qarshi urushib, Moraviya va Sileziyani qo’shib olgan (1478). 1485 yil Venani egallagan.