Matyoqubov Habibullo
Matyoqubov Habibullo (1926.18.9, Urganch tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1957). 1957 yildan Yangibozor tumanidagi maktablarda tarix o’qituvchisi, direktor. 1969 yildan Yangibozor tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi maktabda, 1994 yildan 10-litsey-internatda direktor. O’z ish faoliyati davomida tarix fani darsini ko’rgazmali qurollar va texnik vositalar asosida o’tkazishning turli mezonlarini ishlab chiqdi. 1983 yil viloyatda birinchi bo’lib 10 nuqtada yopiqtelestudiyani ishga tushirdi. Maktabda o’quvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qildi, o’qituvchilarning ish faoliyatini baholashning diagnostik tahlilini ishlab chiqdi.