Maxdumi A’zam

Maxdumi A’zam (asl ismi say- yid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jalolid- din Kosoniy Dahbediy; 1463/64, Koson sh. — 1542) — movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, na-qshbandiylik rahnamosi. Ilk ta’limni Koson sh.da olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi, so’ng Toshkentga kelib, Xoja Axrorning sho- girdi Muhammad qozi (1516 y.v.e.)ga xalifa bo’ladi. Ustozi b-n Hirotga sa- Far qiladi, AB-durahmon Jomiy b-n uchrashadi. 1503 y. Buxoroga ko’chib ke- ladi. Bir oz vaqt o’tgach, Axsikatga bo- rib naqshbandiylik tariqatini targ’ib eta boshlaydi. Muhammad qozi vafoti- dan so’ng tariqat shayxlari M. A.ni o’z peshvolari sifatida e’tirof etishdi va uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga Yoyil- Di. Bo-bur M.A.ga bag’ishlab ruboiylar ezdi. M.A. ham shoir haqidagi “Boburiya” risolasini yozib, Hindistonga jo’natgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari M. A. ni o’zlarining piri deb bilganlar. M. A. tasavvuf nazariyasi va ama- liyoti, xususan, naqshbandiylik ta’li- motini rivojlantirdi. Uning “Asror unnikoh” (“nikoh sirlari”), “Ganjno- ma” (“boylik haqida risola”), “Risolat unsam’iyyatun” (“samo’risolasi”), “Bayoni zikr” (“zikr bayoni”), “risola-i silsila-i Xo’jagon” (“Xo’jagon sil- silasiga oid risola”), “Me’roj-ul- oshiqiyn” (“Oshiqlar me’roji”), “Murshidu-ssolikiyn” (“soliklar murshidi”), “risola-i Naqshbandiyya”, “Risolat un-vujudiyyatun” (“vujudlar haqida risola”) kabi 30 dan ortiq riso- lasi bor. Bu asarlarida ulamolar, sufiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlarga to’xtalgan. Tariqat odo- bu qoidalarida murid va Shayx muno- sabatlari o’zaro hurmat-izzat asosida qurilmog’i lozimligini uqtirgan. M. A. fikricha, tariqat a’zolari xalqqa yaqin bo’lib, uning dardlari va ehtiyojlariga qayg’udosh bo’lsa, bu ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. M. A. asarlari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida saqlanadi.