Maxsar kapalagi
Maxsar kapalagi (Myelois cinctipalpellachrestoph.) — maxsar ekini- ning eng xavfli zararkunandasi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Kapalagining qanoti ochilganda 2,5 sm, oq rangda, oldingi qanotining oldi tamonida kora doglari bor. Qurti uz. 2 sm, oqish. Tanasining birinchi bo’g’imida xitinli bo’rtmasi bor. Qurt fazasida madaniy yoki yov- voyi maxsar poyasining pastki qismida, tuproqdan 2-10 sm yuqorida qishlaydi. Apr. oyida shu joy-ida gumbakka ayla- nadi. 10-26 kundan so’ng apr. oxiri va may oyining boshlarida kapalagi uchib chiqadi. Kapalaklari kechasi uchadi, tu- xumini maxsarning gulbarglariga, gul savatchasiga qo’yadi. 2-5 kundan keyin tuxumdan chiqqan qurtlari barg, ko’sak yoki poyaning ichiga kirib oziklanadi. Za- rarlangan shonalar, ko’saklar tushib ke- tadi. Iyun—avg.da katta yoshdagi qurtlar o’simlik poyasining pastki qismiga tu- shib, poyani teshib joylashadi, poyaning teshilgan joyining o’zini ajratgan — ipak iplari b-n berkitib qo’yadi va shu joyda qishlashga o’tadi. Maxsar poyasi- ning pastki qismini teshib, mavsumda bir marta avlod qoldiradi. Kurash choralari: maxsarning si- nib tushgan poyalarini va o’simlik qoldiklarini yo’qotish; erni chuqur shud- gorlash. Sulton Alimuhamedov.