Maziniy al-Maziniy
Maziniy al-Maziniy , Ibroqim Abdul Qodir (1890, Qohira — 1947) — Arab yozuvchisi va tadqiqotchisi. “Misr modernistlari” maktabi vakillaridan. Ilk she’rlari P. B. Shelli va J. Bayron ijodi ta’sirida yozilgan. Yumoristik ocherk va hikoyalari (“olam sandig’i”, 1929; “o’rgimchak uyasi”, 1935; “Yo’lda”, 1937)da ayrim Misr ziyolilarining mutaassibligidan, Yevropa madaniyatiga yuzaki taqlid qilishlaridan kuladi. Maziniyning “Ibrohim — jurnalist” (1931), “uch zrkak va bir ayol”. “Ibroqim II” (1943) kabi romanlarida shaxsning “mutlaq erkinligi” g’oyalari ilgari surilgan. U adabiy va tanqidiy maqolalari (“Hofiz Ibrohim she’riyati”. 1914; “she’riyat, uning maqsadi va vositalari”, 1915; “shamolning kuchayishi”, 1928; “quruq o’rim”, 1925)da she’riyatdagi an’anaviylikka qarshi chiqadi.