Medan
Medan — Indoneziyadagi shahar. Shimoliy Sumatra provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,9 million kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Sumatra orolining shimoli-g’arbida, Malakka bo’g’ozidagi port. Tamaki, kauchuk, choy, sizal yetishtiriladigan qishloq xo’jalik rayonining yirik savdo markazi. Oziq-ovqat, qog’oz, rezinatexnika, to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet, muzey bor. Me’moriy yodgorliklaridan katta masjid, sobiq Dexli sultonligi hokimi saroyi saqlangan.