Mehnat gigienasi

Mehnat gigienasi, kasb gi- gienasi — gigienaning bir bo’limi. Mehnat jarayonlari va i.ch. muhitining odam organizmiga ta’sirini o’rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiena me’yorlari va tadbirlari- ni ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari i.ch. jarayoni texno- logiyasiga va ish o’rinlarida yaratila- digan sanitariyagigiena sharo-itlariga bog’liq. Jismoniy mehnat jarayoni- da, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zo’r keladi.Texnika rivojlanib, i.ch. jara- yonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat o’rnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini ko’proq o’rganishga ehtiyoj tug’ildi. I.ch.ning sanitariyagigiena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan kimyoviy moddalar, chang, shovkin, vibrasiya, ionlashtiruvchi nur- lar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorga- nizmlar ko’pkamligi va b. tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar ko’rilmasa, mana shu omillar- ning har biri yoki bir nechtasi birga sa- lomatlikka ziyon etkazadi. M.g. fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-jo’ya ta’- sirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash O’zRda umumdav- lat vazifasi hisoblanadi. “O’zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazora- ti to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq, M.g. sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (q. Davlat sanitariya nazora- ti). M.g.da nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shu- lardan asosiysi sanitariyagigiena tekshiruvlaridir. Obhavoga tegishli omillar; havoning ifloslanish dara- jasi, vibrasiya, shovqin, radioaktiv nurlarni o’lchash va b. ishlarda shu me- tod qo’llanadi. Bundan tashqari, fizio- logik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. M.g. i.ch. da odam organizmining fiziologik va bio- logik talablariga hammadan ko’ra ko’proq muvofiq keladigan gigiena normativla- rini belgilab olish maqsadida organism b-n i.ch. muhiti o’rtasida bo’lib turadi- gan o’zaro ta’sir qonuniyatlarini ham o’rganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartibqoidaga muvofiq, i.ch. omillari- ning birontasi ham yo’l qo’yiladigan normadan yoki eng katta kontsentrasiyadan ortiq bo’lmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurga- nida omillar o’sha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror o’zgarish paydo qilmasligi kerak. M.g. O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan Max- sus davlat normativlari, yo’riqnoma va ko’rsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.