Mehnatobod tumani
Mehnatobod tumani – sir- Daryo viloyatitshti tuman. 1979 y. 6 dek. da tashkil etilgan (1988 y. avg.da yangi tashkil etilgan Yangier tumaniga qo’shib yuborilgan, 1990 y. 5 martda yana alo-hida tuman sifatida tiklandi). M.t. viloyat- ning Jan.dan Xovos, sharkdan Boyovut, g’arbdan Sharof Rashidov tumanlari, shim.dan Mirzaobod tumani b-n chega- radosh. Mayd. 0,42 ming km2. Aholisi 23,1 ming kishi (2000). M.t.da 8 qishloq fuqarolari yig’ini (Bahoriston, bino- kor, Zafarobod, Yo’ldo-shobod, Turki- ston, Chamanzor, qahramon, Husnobod) bor. Markazi qahramon qishlog’i. Tabiati. Tuman Mirzacho’lning Jan. da joylashgan. Hududi asosan, tekislik- dan iborat. Iqyaimi quruq, kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi —g, -5°. Qish oylarida ba’zan -30°, -35° gacha sovuq bo’ladi, iyulda o’rtacha t-ra 26°-28°, eng yuqori t-ra 44°, 45° ga etadi. Yiliga o’rtacha 200 mm dan 350 mm gacha yog’in tu- shadi. Bug’lanish yog’inga nisbatan 4-5 barobar ko’p. Yoginning ko’p qismi qish va bahrr oylariga to’g’ri keladi. Vegeta- tsiya davri 210 kundan 220 kungacha. Tuman xududi Mirzacho’lga xos bo’lgan mahalliy Bekobod shamoli esadigan yo’nalishda joylashgan. Shamol tuproq tarkibidagi namni ko’plab bug’lanishiga, chang-to’zon ko’tarilishiga, qishda esa qorlarni uchi- rib tuproqning muzlashiga sabab bo’ladi. M.t. hududining janubidan Janubiy Mirzacho’l kanalining 27 km qismi oqib o’tadi. Tuman ekin maydonlari shu kanal- dan sug’oriladi. Tuman hududida er osti suvlari er yuziga yaqin bo’lganligi sababli sho’r tuproklar vujudga kelgan. Grunt suv- lari zovurlar orqali chetga chiqarib yuboriladi. Yovvoyi o’simliklardan shuvoq, sho’ra, Sho’ruzak, qorabosh, yul-g’un, yantoq, lolaqizg’aldoq, burgan usadi. Yov- voyi hayvonlardan, asosan, bo’ri, tul- ki, bo’rsiq; kemiruvchilardan ko’shoyoq, yumronqoziq, quyon; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon; qushlardan to’rg’ay, so’fito’rg’ay, boyo’g’li; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy uchraydi. Aholisining ko’pchilik qismi o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, qirg’iz va b. millat vakillari ham yashay- Di. 1 km2 ga o’rtacha 55 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligi. Tuman xo’jaliklari, aso- san, paxta, g’alla, sabzavot va poliz ekin- larini etishtirishga ixtisoslashgan, chorvachilik va parrandachilik b-n ham shug’ullaniladi. M.t.da jami 28590 ga ekin maydoni bo’lib, shundan 17 ming ga paxta, 10,8 ming ga g’alla, 150 ga sab- zavot, 91 ga poliz va b. ekinlari b-n band. Tumanda xo’jaliklararo sug’orish tarmoqlarining uz. 20.5 km, ichki sug’orish tarmoqlari — 36.6 km. 8 shirkat, 7 chorvachilik fermer xo’jaliklari bor. Tuman shaxsiy va jamoa xo’jaliklarida 10 mingdan ortiq qoramol, 6 ming ga yaqin qo’y va echki, 5600 parranda, qariyb 200 ot mavjud. Tumanda respublika ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil yo’lining uz. 62 km, viloyat ahamiyatiga ega yo’l — 60 km. 9 umumiy ta’lim maktabida 5,1 ming dan ziyod o’quvchi, kasb-hunar liseyida 150 dan ortiq o’quvchi ta’lim oldi. 9 ku- tubxona, tuman xalq ijodiyoti va mada- niy-ma’rifiy ishlar markazi, madaniyat uylari faoliyat kursatadi. 60 o’rinli kasalxona va b. tibbiy muassasalarda 23 vrach ishlaydi. 1997 y.dan “sharafli mehnat” tuman gaz. chiqadi (adadi 600).