MERIDIAN ASTROMETRIYASI

MERIDIAN ASTROMETRIYASI – astrometriyatshg osmon yoritqichlari koordinatalarini aniqlash b-n shug’ullanadigan bo’limi. Osmon yoritqichlari meridiandan o’tish vaqti va Zenit masofasini meridian doira yor- damida kuzatiladi va o’lchanadi. Osmon jismlarining birinchi koordinatasi — to’g’ri chiqish burchagi (a) ni ularning me- ridiandan o’tish vaqtini belgilashga va ikkinchi koordinatasi — og’ish burchagi (d) ni ayni vaqtdagi Zenit masofasini o’lchashga asosan hisoblanadi. Bunda ref- raktsiya, aberrasiya, presessiya, nutasiya va meridian doiraga tegishli kamchiliklar (kollimasiya, azimut, turli deformasiya- lar va h. k.) hamda kuzatuvchining xatosi hisobga olinadi. M. a.ning asosiy va- zifasi yulduzlar koordinatalarini o’z ichiga olgan katalog (Zij)larni tuzish- dan iborat. Bunday kataloglar ikki xil — absolyut yulduz kataloglari yoki nis- biy (differentsial) yulduz kataloglari bo’lishi mumkin. Birinchi holda yulduz- ning a va d sini absolyut aniqlash uchun taxminiy koordinatalarga qo’shimcha azimut, joyning geografik kengligi, bahorgi tengkunlik nuqtasining aniq vaziyati va h.k.lar qaytadan aniqlanadi. Agar yulduz koordinatalari oldindan ma’lum bo’lgan yulduzlarga nisbatan aniqlangan bo’lsa, bunday kataloglar differentsial yulduz kataloglari deyi- ladi. Differentsial yulduz kataloglari asosida ma’lum bir davr uchun funda- mental kataloglar tuziladi va ularda keltirilgan yulduz ko-ordinatalari juda aniq (+ 0,1 G’) bo’ladi. Turli dav- rlar uchun tuzilgan fundamental yul- duz kataloglaridagi koordinatalarni taqqoslash yo’li b-n har bir yulduzning xususiy harakatini aniqlash mumkin.