Meva sharbati
Meva sharbati — meva va sabza- votlardan olinadigan shirin suyuklik; meva suvi. Asosan, olma, uzum, shafto- li, olxo’ri, o’rik, anor, sabzi va b.dan olinadi. M.sh.ning 2 xil: tiniq va meva eti b-n tayyorlanadigan turlari ishlab chiqariladi. Eti b-n tayyorlanadigan M.sh.ga o’rik, shaftoli, ol-xo’ri va b. sharbati kiradi. Sanoatda 2 yoki bir necha xil mevasabzavotlar sharbatlari ara- lashmasidan iborat bo’lgan omixta (ara- lash) sharbatlar ham ^ishlab chiqariladi. M.sh.ning tabiiy (qand qo’shilmagan) va 5-15% qand qo’shilgan xillari bor. M.sh.da meva va sabzavotlar tarkibida- gi barcha foydali oziq moddalar (qand, organik moddalar, kislotalar, Vita- minlar, mineral tuzlar, pektin, klechat- ka va xushbo’y moddalar) bo’lib, ta’mi saqlanadi. M. sh. tarkibida: 5-15% qand, 0,3—3,0% organik kislotalar, tur- li vitaminlar, mineral tuzlar va b. bor. M.sh. chaykov bosuvchi spirtsiz ichimli- klar, sirop (shirin suv), likyor va b. tay- yorlash uchun ishlatiladi. M.sh. olish uchun meva yoki sabzavot AV- val maxsus mashinalarda yoki dush ostida yuviladi. So’ngra shnekli isitkichlar- da sterillangach, ketma-ket o’rnatilgan ikkita tozalash mashinasiga tusha- Di. Birinchi mashinada danagi, urug’i, po’stlog’idan tozalanib, massaga aylanti- riladi. Ikkinchi mashinada massa Diame- tri 0,5 mm li teshiklardan o’tkaziladi. Ba’zi M.sh. maxsus idishlarda qandli sirop b-n aralashtiriladi. Tsentrifuga- da sharbat oxirgi qoldiq — yirik frak- tsiyalardan tozalanib, gomogenizator- da sof M.sh.ga aylantiriladi. Nihoyat sharbat qizdirilib (50-60°), deaerasiya qilinadi (tarkibidagi kislorodi ket- kaziladi), idishlarga solinib, pasteri- zasiya qilinadi. M.sh. potok liniyalarda olinadi. Maxsus meva sharbatini oladi- gan presslar mavjud. M.sh.ni uy sharoi- tida ham tayyorlash mumkin. Olimjon Alimov.