MEVALI DARAXTLARNI YOSHARTIRISH

MEVALI DARAXTLARNI YOSHARTIRISH — yangi novdalar o’sib chiqishi uchun daraxtlarning eski va qurigan shox- larini kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil berishini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar kariganida, aso- siy shoxlarini tiklash, novdalarining o’sishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini shakllantirish maqsadlarida qo’llaniladi. Ko’pgina 25-30 yoshdagi olma, nok, 15-20 yoshda- gi o’rik, 8-12 yoshdagi olxo’ri, gilos va b. yoshartiriladi. Asosan, Fev.— mart oylarida utkaziladi. Yoshartirishning engil, kuchli hamda butab yoshartirish xillari bor. Engil yoshartirishda aso- siy shoxlar, qulay tomonga rivojlan- gan yon shoxlar yuqorisidan, kuchlisida asosiy shoxlarning uchdan ikki qismi kesiladi. Bunda ulardan bir nechta yangi novda o’sib rivojlanadi. 3-4 yildan so’ng ulardan yangi shox-shabba shakllan- tiriladi. Butab yoshartirish da asosiy shoxlar qisqartirilib, ulardagi 1-2 yillik novdalarning ayrimlari olib tashlanadi. Bu usulda zaxira oziq mod- dalar daraxtlarning ko’p gullashi uchun sarf bo’lmaydi, tutgan mevalar to’kilib ketmaydi. Yoshartirilgan olma va nok daraxt- lari 4-yilda, o’rik, shaftoli 2-yildayoq hosilga kiradi. Shoxlarning kesilgan joyiga bog’malhami yoki alif aralash- tirilgan moyli bo’yoq surib qo’yiladi. Yoshartirishdan oldin daraxt o’sayotgan atrof erning 1 m2 ga 5-6 kg chirigan go’ng yoki go’ng b-n mineral o’g’it ara- lashmasi solib, chopiladi, qondirib sug’oriladi. To’g’ri yoshartirilgan mevali daraxt yana 10-15 yil va undan ham uzok, hosil beradi (yana q. Butash, Daraxtlarga shakl berish, kallaklash). Rixsivoy Jo’raev.