ME’YORIY NAFLILIK NAZARIYASI

ME’YORIY NAFLILIK NAZARIYASI, qo’shimcha naflilik nazariyasi — iste’molchilarning bozordagi fe’l- atvori, harakati, talabning shakllani- shi, talab va taklif chizmasida talab egri chizig’i holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qo’shimcha naflilik qonuniga muvofiq, iste’molda ne’matlar miqdorining o’sib borishiga qarab ne’matning har bir qo’shimcha birligidan olinadigan eng ko’p qo’shimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizig’ining salbiy og’ishini keltirib chiqaradi. M. n. n., shuningdek, naflilik b-n xarajatlar, ya’ni talab va taklif o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ham anikdashga xizmat qiladi, bu b-n narxning vujudga kelishi (narx belgi- lash) qonunini ham izohlaydi. Mazkur qonunga ko’ra ne’mat narxi jamiyatda ishlab chiqariladigan oxirgi ne’mat birligi beradigan qo’shimcha na(lilik b-n belgilanali. Muvozanatli narx qo’shimcha na- flilik va eng yuqori xarajatlar egri chiziqlar kesishgan nuqtada turadi (chiz- mada E nuqga). Narxning shakllanishida qo’shimcha naflilikning muhim ahami- yati shundaki, u xarajatlar mikdori muvozanat nuqtasiga qaraganda katta summani tashkil etgan hollarda narx talab va taklifni muvozanatlaydigan E nuqtaga qaraganda pastroq bo’lishini ko’rsatadi. Chizmada mi chizig’idagi A nuqta qo’shimcha naflilikni ko’rsatadi (Mi, MS — me’yoriy xarajatlar va me’yoriy naflilik). Ayni paytda narx xarajatlaridan yuqori bulishi ham mum- kin (chizmada V nukta). M. n. n. bir-biridan mustakil holda 1871 y.da ingliz iktisodchisi V. S. Je- Vons, avstriyalik iqgisodchi K. Menger va 1874 y.da shveytsariyalik iktisodchi L. Valras tomonidan asoslab berilgan. Sherqul Shodmonov.