MEYSEL LEONID GENRIXOVICH
MEYSEL LEONID GENRIXOVICH (1908. 28.9, Lepingrad — ?) — rejissyor, O’zbskistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). 1928-50 va 1954-64 yillar Novosibirsk, Gorkiy, Leningrad, Rostov, Krasnoyarsk, Chelyabinsk va boshqa teatrlarda ishlagan. 1950-52 yillar Muqimiy teatrida, 1952-54 yillar yosh tomoshabinlar teatrida, 1964 — 71 yillar Samarqand opera va balet teatrida bosh rejissyor. “Momaqaldiroq” (A.Ostrovskiy), “Pigmalion” (B.Shou), “Figaroning uylanishi” (V.Mosart) va b. spektakllarni, “Dilorom”, “shoir qalbi” (M.Ashrafiy), “Maysaraning ishi” (S.Yudakov), “Chio-Chio-san” (J.Puchchini), “Trubadur” (J.Verdi) kabi operalarni sahnalashtirgan.