Midiya
Midiya — Eron tog’ligining shim.-g’arbiy qismidagi tarixiy VI- loyat; qadimda qabilalar Ittifoqi nomi, so’ngra poytaxti Ekbatona (hoz. Hamadon) bo’lgan podsholik (mil. AV. 7-a. 70-y.lari — 6-a. o’rtalari). Dastlab M.liklar mil. AV. 9-a.ning 2-yarmiga oid ossuriy yilnomalarida qayd etilgan. Aftidan, qabila Ittifoqi mahalliy tub qabilalar uyushmasidan tashkil topgan; biroqmil. AV. 9-8-a.dayoqyangi qabilalar kelishi b-n bu ittifoqda M.dagi for- siyzabon qabilalar ustunlik qila bosh- lagan. M.liklar 9-8-a.larda harbiy demokratiya sharoitida yashaganlar. Bu ibtidoiy jamiyatdan ilk qulchilikka o’tish davri edi. Jamiyatning iqtisodiy asosini dehqonchilik va chorvachilik (ayniqsa, yilqichilik) tashkil qilgan, shuningdek, hunarman-dchilik turlari ham taraqqiy etgan. Mil. AV. 9-8-a.lar- da M.liklar ularning bir qism erlari- ni bosib olgan Ossuriyaga qarshi ayovsiz kurash olib borganlar. Ossuriya asorati- dan xalos bo’lgach, Gerodotning ma’lumo- tiga ko’ra, M. podsholigi barpo etilib uning birinchi podshosi Deyok (mil. AV. 727-675) bo’lgan. Ossuriy manbalari- ga ko’ra, esa, M. podsholigi mil. AV. 7-a. ning 70-y.larida vujudga kelgan, bunda Ossuriyaga qarshi kurashda M.liklarni kelgindi qabilalar — kimmeriylar va skiflar qo’llab-quvvatlashgan. Kiaksar M.ning eng buyuk podshosi bo’lgan. Uning davri (625/4— 584)da harbiy islohot o’tkazilib, qabilalardan to’planadigan qo’shin o’rniga muntazam qo’shin barpo etilgan. M. kichik bir podsholikdan qad. Sharqning qudratli saltanatiga aylan- gan. Qisqa vaqt ichida M. Manani egal- lab, Bobil b-n ittifoqlikda Ossuriya davlatini tormor etgan, Urartu va b.ni bosib olgan. M. saltanatining hududi G’arbda — Galis daryosi (hoz. Kizil irmoq), Sharqsa — O’rta Osiyo va ehtimol Afg’onistonni qamrab olgan. Mil. AV. 6-a. o’rtalarida M.da ichki siyosiy vaziyat keskinlashgan. Mil. AV. 550 y.da M. for- slar tomonidan bosib olinib, satrapiya sifatida Axomaniylar davlati tarki- biga kiritilgan. Mustaqil M. davlati faqat mil. AV. 4-a.ning so’nggi choragida, sobiq M.ning bir qismida, Jan. Ozar- bayjon (ilgarigi mana)da tiklangan. U keyinchalik M. yoxud kichik M., M. Atro- patenasi, Atropatena deb atala boshla- gan. M. qad. davrning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixida muhim o’rin egalla- gan. M.da zardushtiylik keng tarqalgan. Atropatenadagi M.liklarning bir qismi mahalliy kutiy — lullu-Bey va Manney — matien qabilalari b-n arala- shib kdd. Ozarbayjon (ozariy) xalqining etnogenezida muhim rol o’ynagan.