Mikelanjelo Buonarroti

Mikelanjelo Buonarroti (Michelangelo Buonarroti) (to’liq nomi Mi- kelanolo Di Lodoviko Lionardo Di bu- onarroto Simoni; 1475.6.3, hoz. Kapre- Ze—Mikelanjelo, Toskana — 1564. 18.2, Rim) — italyan haykaltaroshi, rassomi, me’mori va shoir; Uyg’onish davrining buyuk arboblaridan. Rassom M. Girlan- dayo (1488-96) va haykaltarosh Bertol- do Di Jovanni (1489— 90)dan ta’lim ol- gan. Jotto, Donatello, Mazachcho kabilar- ning asarlari va qad. Haykaltaroshlikni o’rganishi M. ning ijodiy kamolotiga muhim ta’sir ko’rsatgan. M.ning dast- labki asarlaridayoq uning ijodiga xos asosiy xususiyatlar — mahobatlilik, obrazlar shaklining qudrati va drama- tizmi, inson go’zalligiga ehtirom ko’zga tashlanadi: “zinapoya oldida turgan Madonna” va “Kentavrlar” releflari (ikkalasi ham marmar, taxm. 1490-92). “Vakx” haykali (1496-97, Rim), “Isoga motam” haykallar guruhi (1498— 1501, Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasi)da an’anaviy gotika tasviriga yangi inson- parvarlik mazmunini sin-gdirgan. 1501 y.da Florentsiyaga qaytgan M. respublika fuqarolarining jasoratini ifodalov- chi “David” haykali (1501-04), “Ma- Donna” (1503), “Muqaddas oila” (“Ma- Donna doni”, 1503-05) kartinalarini yaratdi. M. 1505 y.dan Rim Papasining iltimosiga ko’ra, qabr yodgorligi yara- tish ustida ishladi, shular jumlasidan: buyuk jo’shqinlik va irodaga ega bo’lgan titan “Moisey” (1515-16, Rimdagi Cher- Kovda) yodgorlikning Markaziy bo’lagiga aylangan; “isyonkor qul” va “o’layotgan qul” (1513-16, Luvr) asarlarida kuch- qudratga to’liq kishanlarni uzayotgan va zanjirdagi o’limiga rozi bo’lgan ikki navqiron qarama-qarshi qo’yiladi. M. yaratgan asarlaridagi obrazlar yorqinligi b-n qimmatlidir. 1520 y.dan M.ning qarashlari fo- Jiali tus ola boshladi. 1534 y.da Rim- ga butunlay ko’chib o’tadi. Ijodidagi bu ohanglar Florentsiyadagi San-Lorentse cherkovida Lorenso va Juliano Medichi qabrlariga ishlagan yodgorliklarida o’z ifodasini topdi (1520-34). Vafot et- gan gersoglar qiyofasida portret xususi- yatlari yo’q, ular faol va samarali hayotni tarannum etuvchi obrazlardir, ularning oyoq tomonlarida tez oqib o’tayotgan vaqt (kun)ni ifodalovchi 4 ta haykal 2 juft holatida o’rnatilgan. Rimdagi Sikst kapellasida “Dah- shatli sud” freskasini yaratdi. Um-rining oxirigacha o’zining qabriga o’rnatiladigan yodgorlik — “Isoga mo- tam” haykallar guruhi ustida ishladi (1555-64), uning loyihasini shogird- lari nihoyasiga etkazgan. M. umri ning oxirgi yillarida she’- riyat va me’morlik b-n shug’ullandi. 1546 y.dan Rimdagi Avliyo Pyotr so-bori, ka- pitoliy maydoni ansambli me’morligi ustida ishladi, o’limidan so’ng uning loyihasi asosida qurib bitkazilgan. “She’rlar” kitobi vafotidan so’ng dast- lab 1623 y.da nashr qilingan. M. g’oyalari insonparvarlik, xalqchillik, realizm- ning keyingi rivojiga xizmat qildi. M. ijodi manerizm taraqqiyotini ta’- minlovchi omil bo’ldi, ulardan farqli o’laroq, M. asarlarida insonga muhabbat va uning ulug’vorligi hamda go’zalligiga ishonchni saqlab qola oldi va ifoda eta oldi.