Mikologiya

Mikologiya (Yun. mykes — zamburug’va …logiya) — botanikanmj bir bo’limi. Zamburug’larnint morfo- logiya, sistematika, biologiya, fizio- logiya, biokimyo, ekologiya, geogr., Filo- geni-yasi, shuningdek, ularning tabiatda va odam hayotidagi axamiyatini o’rganadi. M. fitopatologiya (o’simliklardagi ka- salliklarning ko’pini fitopatogen zamburug’lar qo’zg’atadi), tibbiyot, vete- rinariya (ko’p parazit zamburug’lar odam va hayvonlarda turli kasalliklar, mas, dermatomikozlar, mikotoksikozlarni qo’zg’atadi) va b. b-n bog’liq. Zamburug’lar haqidagi ma’lumot- lar qadimdan ma’lum. Mac, mil. 1-a. da qadimgi yunon olimi Pliniy Kat- ta zamburug’larning daraxt poyalari va to’nkalarda rivojlanishini yozib, ular- ni tasniflashga harakat qilgan. 1578 y. golland botanigi K. Klauzius 221 zamburug’ning rang tasviri berilgan at- Las chiqargan edi. Odatda, M.ning rivojlanishi 3 davr- ga ajratiladi. Birinchi davr 19-a.ning o’rtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburug’larni tasvirlash va tas- niflashga urinishlar bo’lgan. Ikkinchi davrda (19-a.ning o’rtasidan oxirigacha) zamburug’lar sistematikasiga oid ishlar b-n birga ularning ontogenezi va filoge- nezi ham o’rganilgan. Bu davrda frantsuz olimlari aka-uka L. va Sh. Tyulanlar un- shudring, zang va qorakuya zamburug’lardagi pleomorfizm hodisasini, ya’ni bir tur zamburug’da turli xilda spora hosil bo’lishini anikdashdi (shu sababli, bu zamburug’lar dastlab alohida turga AJ- ratilgan). Nemis botanigi A. de bari parazit zamburug’larni eksperimental o’rganish, uning shogirdlari saprofit zam-burug’larni ekish metodikasini ish- lab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voronin- ning parazit zamburug’lar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uchin- chi — yangi davrda zamburug’lar fiziolo- giyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi g. Klebsning zam-burug’lar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol o’ynadi. M.da tsitologik usul keng jo- riy qilindi. Zang zamburug’lar morfo- logiyasi, tsitologiyasi, ularning para- zit zamburug’lar b-n o’zaro aloqalari hamda parazit zamburug’lar va ular b-n kasallangan o’simliklar fiziologiyasi chuqur o’rganildi. Zamburug’lar, ayniqsa, aktinomisetlar rolining oshishi tu- fayli ko’p mamlakatlarda, shuningdek, O’zbekiston FA Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi lab.larida ularni o’rganish keng yo’lga qo’yildi.