Mim

Mim (Yun. mimos — taqlid, taqlidchi) -1) qad. xalq teatrining turi, maishiy va hajviy mazmundagi badiiy hajviy kichik tomoshalar. Mil. AV. 5-a.da Yunonistonda, ellinizm dav- rida (mil.AV. 4-3 a.lar) yaqin va O’rta Sharqsa, shu jumladan hoz. O’zbekiston hududida vujudga kelgan. M.da shahar va qishloq quyi tabaqalarining hayoti aks ettirilgan. Tomoshalari she’riy va na- sriy dialog va monologlardan, kulgili qo’shiq va raqslardan tashkil topgan, ko’cha va maydonlarda, keyinroq sahnalarda ko’rsatilgan. M. artistlari niqobsiz o’ynagan. M. mahalliy xalqning masxara- bozlik teatri tomoshalari b-n qo’shilib rivojlandi. M. teatrining shakli, este- tik printsiplari ma’lum o’zgarishlar b-n bizgacha etib kelgan. 19-a. oxiri -20 a. boshlarida o’zbek aktyorlarining reper- tuaridagi “Dungon osh”, “xum o’g’risi”, “Qoro-vul uyqusi”, “ov” kabi tomosha- lar, Xorazm xalq teatrida hozirgacha saqlanib kelgan bir aktyor teatri bunga misoldir; 2) M. tomoshalarini ijro etuvchi aktyor ham M. deb atalgan. O’zbek an’anaviy teatridagi taqlid (teatr) va muqallid (aktyor) kelib chiqishiga ko’ra, M. san’atining davomchisidir, degan qarash mavjud; 3) zamonaviy te-ATRda — pantomima ijrochisi. Muhsin Qodirov