Mimansa
Mimansa (sanskritcha — tadqiq qilmoq) — qad. hind falsafiy makta- blaridan biri. Mil. AV. 4-2-a.larda paydo bo’lgan. Asoschisi “Mimansa-Su- tra” asarining muallifi Jayminiy. M. vakillari tashqi olamning realligini tan olishgan, uning birdanbir isboti — sezgi a’zolarimiz orqali moddiy olam- ni his etishdir, deb biladilar. Ular fikricha, olamdagi hamma narsa o’zaro aloqadorlikda, jon abadiy, cheksiz sub- stantsiya bo’lib, doimo tana b-n bo’ladi. Jon tana b-n birga o’lmaydi, bir tanadan ikkinchi tanaga o’tadi. Olamni bilishda hissiy bilishga e’tibor berganlar. Ve- dalarning muqaddasligini tan olganlar. Barcha mavjud narsalar bilim manbai- dir. M. ke-yingi davr falsafasi rivo- jiga hissa qo’shgan.