Mimika

Mimika (Yun. — takdid) — yuz mu- shaklarining ifodali harakati. Inson- ning ma’yuslik, xursandlik, g’azab, xafa-lik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. M. oddiy kishilarda tabiiy tarzda ro’y be- radi. Teatr san’atida esa aktyorlarning doimiy mashklari asosida yuzaga keladi. Yuzga beriladigan pardoz M. ifodaviy- ligini oshiradi. M. aktyorning nutqi b-n hamohang bo’lib, obraz mohiyatini, qahramonlarning o’zaro munosabat- larini ochishga xizmat qiladi. Puxta o’ylangan va texnik jihatdan mukammal M. sahna so’zi ahami-yatini oshiradi va uning tub ma’nosini chuqur anglashga yor- dam beradi. Ayniqsa, so’zsiz o’rinlarda, sukunatlarni to’ldirishda muhim ahamiyatga ega. Pantomimaga ixtisos- lashgan (frantsuz aktyori Marsel Marso kabi) aktyorlar faqat tana harakatlari va M.ga tayanishgan. O’zbek an’anaviy teatrida M. san’a- ti juda katta yutuklarga erishgan. Pro- fessional teatrda Hoji Siddiq is- Lomov, Mirshohid Miroqilov, Rahim Pirmuhamedov, Soib Xo’jaev, G’ani A’- zamov, Nabi Rahimov; televizion mini- atyuralar teatrida — Ergash Karimov, Hasan Yo’ldoshev, Sadir Ziyovuddinov, Ro- ziya Karimova; zamonaviy qiziqchilikda — Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov, Vali Shamshiev va b. tanilgan. Muhsin Qodirov.