Mineral ko’llar

Mineral ko’llar, sho’r ko’llar — suvining tarkibida ko’p miqdorda tuz bo’lgan ko’llar. M.k. toifasiga tuz mikdo- ri okeandagi (35 g/kg)dan yuqori bo’lgan ko’llar kiradi. Boshqa tasnif bo’yicha M.k. toifasiga tarkibidagi eritma mod- dalar 25g/kg dan ortiq bo’lgan ko’llar kiradi. Tarkibida tuz mikdori 1%o dan 35%o gacha (yoki 25%o) bo’lgan M.k. kam mineralli yoki sho’r ko’llar deyiladi. Yuqori kontsentrasi-yadagi M.k.ning tuz- li suvi tagida tuzlar kontsentrasiyasi va cho’kmasini hosil qilgan to’yingan erit- mani vujudga keltiradi. Oddiy ko’l suvi oqmasdan turib qolishi va bug’lanishi natijasida undagi tuz mikdori orta bo- rib, M.k. ni paydo qiladi. M.k. ikki xil yo’l b-n: dengizning ayrim qismi ajra- lib qolishi natijasida (mas, limanlar, ba’zi bugozlar va b.); chul va dashtlardagi pastqam joylarga oqar suvlar nuragan tog’jinslaridagi oson eriydigan Tuzla- rini oqizib keltirishidan hosil buladi (mas, Qoraqal-pog’iston Respublikasi- ning Qung’irot sh.dan 60 km shim.-g’arbda joylashgan Qoraumbat kuli). M.k. Su- vidagi tuzlarning xili va mikdoriga qarab karbonatli, sulfatli va xlo- Ridli bo’ladi. M.k.dan soda, mirabilit, xlorli magniy, tuz, yod, brom birikma- lari va h.k. olinadi. Tibbiyotda M.k.dan revmatizm va b. kasalliklarni davolash- da foydalaniladi.