Ming
Ming-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Samarqand viloyati, shuningdek Farg’ona vodiysi hamda Buxoro viloyatining Boysun, Muzrobod, Denov tumanlarida yashaganlar. Minglar uchta yirik urug’ga bo’linganlar: 1. Tug’ali. 2. Bog’lon. 3. Uvoq tamg’ali. Bu urug’lar o’z navbatida yana bir necha mayda urug’larga bo’linganlar. Minglar Dashti Qipchoqdan Movarounnahrga XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmida ko’chib kelganlar hamda O’rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Minglarga mansub yirik feodallar 1709 yilda Farg’ona vodiysida yangi davlatga – Qo’qon xonligiga asos solganlar. Minglar sulolasi hukmronligi 1876 yilga qadar, ya’ni chor Rossiyasi Qo’qon xonligini bosib olgunga qadar hukm surgan.