Mingchuqur
Mingchuqur g’ori – Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi g’or. Boy- Sun tizmasi tarkibidagi Hojibuzbarak tog’ining shim.-g’arbiy yon bag’rida, Machay daryosi vodiysida joylashgan. Yura davri gips qatlamlarida hosil bo’lgan. G’orga kirish qismining eni 27 m dan ziyod, bal. 12 m. Bir qancha xonalar va yo’laklardan tashkil topgan g’orning ichki tuzilishi murakkab. Ularning eni 6-8 m dan 10— 18 m gacha, bal. 1-2 m dan 10-12 m gacha. Sahnida shipi va devorlaridan qulab tushgan turli kattaliqdagi tosh parchala- ri uchraydi. G’orning umumiy uz. 230 m, mayd. 680 m2, hajmi 1350 m3 dan ziyod.