Mingchuqur g’ori
Mingchuqur g’ori – Surxon- Daryo viloyatining Sho’rchi tumanidagi g’or. Gulbair tog’ining shim.-g’arbiy yon bag’rida, 2390 m balandlikda joylashgan. Yura davri ohaktoshlarida hosil bo’lgan. G’orning og’zi Jan.-Sharq tomonga uchbur- chak shaklida ochilgan (eni 0,6 m, bal. 1,3 m). G’or bir qancha yo’lak va yo’lakchalardan iborat (eni 0,6—2,5 m dan 3-4,8 m gacha, bal. 1-2 m dan 3-4 m gacha). Ichida suv sarfi 4 l/sek va suv t-rasi 27° bo’lgan jilg’a oqadi. Suvining tarkibi sulfat- kaltsiyli. Fop ichkarisida nisbiy na- mlik iyun oyida 98% ga etadi. G’orning umumiy uz. 86 m, mayd. 130 m2, hajmi 330 m3 dan ziyod.