Minora

Minora (Arab. — mayoq) — gori- zontal (eni) o’lchamiga nisbatan verti- kal (tik) o’lchami ortiq bo’lgan baland in-Shoot. M.lar aylana, ko’p qirrali yoki to’rtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Dengiz sohillarida kemalarning adash- may portga kelishiga xizmat qiladigan (mayoq), televidenie va b. maqsadlarga xizmat qiladigan M.lar ham bor. In- shootning yuqorisiga chiqish uchun uning ichida aylanma zina bo’ladi. Qadimdan M.lar maejid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan. Muazzin M.ga chiqib azon aytib, namozxonlarni na- mozga chorlagan. Shuningdek, M.lardan soqchixona (qorovul xonasi, burj, ding) sifatida ham foydalanilgan (Jarqo’rg’on minorasi, Vobkent minora- si va b.). Dastlabki M. ummaviylar xa- lifasi Musaviyning buyrug’iga binoan 673 y. Misrda qurilgan. Ba’zi M.lar shaharga, ma’lum bir ansamblga ko’rk va salobat berish hamda uni qurdirgan tsha- Xening kuch-qudratini namoyish qilish uchun ham bunyod etilgan. Evropa mamlakatlarida o’rta asrlar- da ichida yotoqxona, oziq-ovqat ombori, Quduq va b. bo’lgan M. (Donjon)lar to’rtburchakli yoki aylana tarxli tsilin- drsimon qilib, qal’aning uzoq qamalga bardosh berishiga mo’ljallangan joyiga qurilgan. Ozarbayjondagi Qizlar mi- norasi (taxm. 6— 12-a.lar) Donjon sha- klida qurilgan. Unga 200 ga yaqin kishi joylashgan. Xayrobod va Buxorodagi Chor minor o’ziga xos to’rt minorali me’mo- riy yodgorlik hisoblanadi. O’zbekiston hududidagi qad. M.larning tuzilishi o’ziga xos mil- liy me’morlik an’analari asosida qurilgan. G’ishtni mavj uslubida terib, yozuvlarni qo’llash orqali badiiy ifo- daviylikka erishilgan. M.larga joziba baxsh etilgan. Qad. me’morlik an’anala- riga tayangan mahalliy me’morlik makta- blarining rivojlanishi b-n M.lar bez- agida rangli sopol koshinlar qo’llangan. Xivadagi kalta minor, polvon qori, Sayd Sholikorboy, Shayx Qalandar bobo M.lari, Islomxo’ja madrasasi va Mino- rasi va b. Zamonaviy me’morlikda M. shaklida- gi binolar 50-60 y.lardan kurila bosh- landi. Qohiradagi turar joy bi-nosi (1958, me’mori N. Shebib, 33 qavatli, bal. 100 m), sayohatchilar M.si (1960, me’mori N. Shebib), Chikagodagi Mari- nasiti dahasidagi uy (1964, me’mori B. Goldberg) va b. Hozir ham zamonaviy binolar, masjidlar va b. tarkibida M. ham qad. ko’tarmoqda (Toshkentdagi tele- minora, Ko’kchadagi Shayx Zayniddinbo- bo masjidi minorasi va b.). Po’lat Zohidov.