MIOKARDIODISTROFIYA

MIOKARDIODISTROFIYA (Mio…, kardio… va distrofiya), kardi – omiopatiya — yurak muskuli (miokard) ning yalliglanmasdan, balki moddalar almashinuviiint buzilishi (biokimyo- viy o’zgarishlar) tufayli zararlani- shi. Qon elektrolit tarkibining buzi- lishi, kislota-ishkrr muvozanatining o’zgarishi va b. kasalliklar tufayli vujudga keladi. M. yurak ishi etishmov- chiligiga sabab bo’lishi mumkin. M.da miokardning qisqarish FA-oliyati susaya- Di, lekin unda morfologik o’zgarishlar kuzatilmaydi. M.ga ekzogen (zaharlanish, jismonan zo’riqish, stress va h.k.) va en- dogen (endokrin buzilishlar, mas, ti- reotoksikoz, qandli diabet, kamkrnlik, buyrak etishmovniligi, jigar kasalli- klari va b.) omillar tufayli ro’y bergan M. ajratiladi. M.da asta-sekin rivoj- lanadigan yurak etishmovchiligiga xos klinik alomatlar (nafas qisishi, jigar kattalashishi, oyoq-qo’llarda shish), yurak sohasida uzoq davom etadigan suet og’riq va b. kuzatiladi. Davo M.ni keltirib chiqargan aso- siy kasallikka qarshi qaratiladi, yurak muskullarida almashinuv jarayonini yaxshilash choralari ko’riladi. M.ga sa- bab bo’lgan asosiy kasallikni davolash b-n yurak muskulining faoliyati asl holatiga keladi.