Mirkarimova Qunduz

Mirkarimova Qunduz (1928.8.3, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster va pedagog. O’zbekiston xalqartisti (1966). Tamaraxonim nomidagi balet makta- bida ta’lim olgan (1937-41), katta teatr (Moskva) krshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1951). Yangiy- ul musiqali drama va komediya teatrida (1943-46), Muqimiy teatr i da (1946-49), Navoiy teatrida (J 95 1 -53), O’zbekiston davlat Filarmoni-yasida (1953 — 56) yakka raqqosa. “Bahor” ansamblida yakka raqqosa va pedagogrepetitor (1957-67), badiiy rahbar (1979-88), Toshkent dav- lat milliy rake va xoreografiya oliy maktabida pedagog (1964-79 va 1988 y.dan; 1996 y.dan prof.). M. ijrosidagi raqslar samimiy, nafis va jozibadorli- gi, harakatlari sho’x va jo’shqinligi b-n ajralib turadi. “G’ayratli qiz”, “katta o’yin”, “Xorazmcha raqs”, “Uyg’urcha rake”, “Rohat”, “jonon”, “nay navosi”, “Bahor tongi”, “Tanavor”, “zang o’yin”, “Po- Mircha raqs”, “Dildor”, “Gulrux”, “gul- noz” kabi mumtoz, xalq, zamonaviy va b. xalqlar raqsini mahorat b-n ijro etgan. Shuningdek, u maqom kuylariga tushgan raqslari b-n mashhur. Baletmeyster sifatida o’zbek raqs san’atining eng yaxshi an’analarini ri- vojlantirdi. U mumtoz, xalq va zamona- viy raqslarni sahnalashtirgan. “Xoti- ra”, “ona qalbi” kompozisiyalari, “Mu- stazod”, “zang”, “O’zbekiston qizlari”, “Navro’z”, “doira raqsi”, “Tanavor 2”, “Tanavor 3”, “Siynaxiroj”, “Surnay navosi”. “Ey sarvi ravon”, “O’zbek mi- niatyurasi”, “Xamsa”, “katta Buxorcha” kabi ommaviy, “Nasri Segoh”, “Savti mu- nojot”, “tog’qizi”, “Dilxiroj”, “o’rik gullaganda”, “Nurxon”, “O’yna, o’yna Gulnora” kabi yakka raqslari o’zbek xore- ografiyasining oltin fondidan o’rin ol- gan. Bir qancha chet davlatlar (Frantsiya, Yaponiya, Avstriya, Xindiston, Sudan, Liviya, Misr va b.)da gastrolda bo’lgan. “Do’stlik” (1997) ordeni va “Shuxrat” medali (1994) b-n mukofotlangan.