MIRZO ABDULAZIM SOMIY BO’STONIY
MIRZO ABDULAZIM SOMIY BO’STONIY [1839 – Buxoro, Bo’ston qishlog’i (hoz. Qiziltepa tumani) — 1908] — tarixchi olim, xattot. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Ustozi Qozi Sa’dadsin mohir maslahati b-n Somiy — “olijanob, yuksak” taxallusini ol- gan. Dastlab turli amaldorlar qo’lida kotiblik qilgan. Amir Muzaf-Far (1860-85) va Abdulahad (1885— 1910) hukmronligi davrlarida saroy munshiy- si. Rossiya b-n Buxoro amirligi o’rtasida bo’lgan janglarda voqeanavis sifatida bevosita ishtirok qilgan. Peterburgga borgan. Keyinchalik amirlik tuzumiga qarshi fikrlari va hajviy she’rlari uchun saroydan chetlashtirilgan. U, aso- san, xattotlik b-n shug’ullangan. “Daxmai Shohon” (“shohlar qabristoni”) masnaviysi, “insho”, “Tuhfai shohiy” (“podshohning tuhfasi”), “Mir’ot ul-xayol” (“xayol ko’zgusi”), “tarixi salotini mang’itiya” (“Mang’-it hukmdorlari tarixi”) asarla- ri muallifi. “Tuhfai shohiy” (1900— 02) va “tarixi salotini mang’itiya” (1906— 07) tarixiy asarlari bitta davr — manttlar sulolasi tarixiga bag’ishlansa ham, bir-biridan keskin farq qiladi. 1-asar rasmiy siyosat ta- lablari darajasida yozilgan bo’lsa, 2-asarda M.A.S.B. Buxoro amirligining mang’itlar hukmronlik qilgan davrini tanqidiy nuqtai nazardan baholaydi. U o’zi guvoh bo’lgan va eshitgan hodisalarga tayanib, amirlik idora uslubidagi il- latlar, Rossiya b-n Buxoro qo’shinlari o’rtasidagi janglar, Amir qo’shin boshliqlarining layoqatsizligi va mas’- uliyatsizligi oqibatida mamlakatning katta qismi bosqinchilar tomonidan bo- sib olinganligi va valiahd Abdulmalik (Katta To’ra)ning ba’zi muvaffaqiyatli janglarini tasvirlaydi. “Tarixi salotini mang’itiya” asari o’zbekistonlik sharqshunos L.P.Epifanova tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, faksimilesi b-n nashr qilingan (1962). Asar qisqartirilgan holda o’zbek tiliga tarjima qilingan (“Sharq yulduzi” jur., 3son). Ac: ta’rix-i salotin-i mangitiya, M., 1962. Ad.: Ahmedov B., O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991; Buxoriylar bo’stoni, T., 1998. Qahramon Rajabov.