MIRZO TURSUNZODA
MIRZO TURSUNZODA [1911.19.4 (2.5), Tojikiston, Regar tumani Qoratog’ qishlog’i -1977.27.3, Dushanba] — tojik shoiri va jamoat arbobi. Tojikiston xalq shoiri (1961). Mehnat Qahramoni (1967), Tojikiston FA akad. (1951). To- jik dramaturgiyasining asoschilaridan biri. Dastlab eski maktabda, keyinroq yangi usuldagi maktabda tahsil olgan. Toshkentdagi tojik ped. bilim yurtida o’qigan (1930). “Komsomoli Tojikiston” gaz.da bo’lim mudiri, mas’ul kotib, so’ngra Xo’jand musiqali teatrida ada- biy emakdosh. 1939 y.lar Dehotiy b-n hamkorlikda yaratilgan “Xisrav va Shirin” she’- riy dramasi, “Vose’qo’zg’oloni” ope- ra librettosi tojik dramaturgiyasi- ning dastlabki asarlaridan sanaladi. 30-y.larning 2-yarmida e’lon qilingan “Mamlakat oftobi” (1936), “xazon va bahor” (1937) dostonlari M.T.ga katta Shuhrat keltirdi. “Dushanba-Xopor yo’li quruvchilariga maktub”, “jonbaxsh suv” dostonlarida ulkan qurilishlar, ularda ishtirok etayotgan xalq jasorati she’riy manzaralar, yorqin xarakterlar orqali ko’rsatiladi. 2-jahon urushi yillari- dagi she’rlarida (“Xayr, aziz onajon”, “Hech qachon!”, “Kapitan xotirasi” va b.), “Vatan farzandi” (1942) dostoni- da xalqlar do’stligi, tojik xalqining urush maydonlari va mamlakat ichkarisi- dagi qahramonligi aks etgan. Folklor motivlari asosida “Tohir va Zuhra” musiqali dramasini yozgan (1943). “Hindiston qissasi” (1947), “men ozod Sharkdanman” (1950) singari she’riy turkumlarga kirgan asarlar, “Hasan ara- vakash” (1954), “Osiyo ovozi” (1956) va b. dostonlari mashhur. M.T. poeziyasi Rea- lizmi, romantik ko’tarinkiligi, emosi- onalligi va aforizmlarga boyligi b-n ajralib turadi. M.T. ma’lum vaqt Toshkentda yashagan va o’qigan, O’zbekiston va o’zbek xalqi hayoti haqida asarlar yozgan. Oybek, Fa- fur G’ulom, Shayxzoda, Zulfiya, Mirte- Mir va b. b-n ijodiy aloqada bo’lgan. Asarlari o’zbek tilida nashr etilgan. Neru (1968), Rudakiy (1970), Jamol AB- dul Nosir (1972) mukofotlari la-ureati. As: men ozod Sharkdanman, T., 1959; She’rlar va poema, T., 1969. Rahmatulla Inog’omov.