Misar

Misar — katta ayiq yulduz turkumidagi yulduz. U uchta kichik yulduzdan tashkil topgan, ko’rinma yulduz kattaligi 2,0. Yorqinligi Quyoshnikidan 74 marta kuchlidir. Quyoshdan uzoqligi 27 parsek. Misar komponentlaridagi spektr chiziqlarining siljishi kuzatilgan (1889).