Mitan

Mitan, mo’yton — o’zbek va krraqalpoq xalqi tarkibiga singib ketgan kabila. M.ning ko’pchiligi hoz. Qoraqalpog’istonning Taxtako’pir va Mo’ynoq tumanlarida yashagan (Qo’ng’irot tumanidagi o’zbeklar tarkibida ham uch- rar edi). M. larning ayrim guruxdari Afg’oniston (Balx viloyati)da yashay- Di. Qoraqalpoq M.lari o’tmishda bir qancha katta va kichik qabila-urug’larga bo’lingan. O’zbek M.larining ko’pchiligi 19-a.ning oxiri va 20-a.ning boshlari- da Zarafshonning o’rta oqimida yashagan. 1920 y.da Samarqand viloyati M.lardan 7 mingga yaqin kishi ro’yxatga olingan. Ishtixon, Nurota, Bulun-G’ur tumanla- rida ozroq qismi Karmana atroflarida hamda Qashqadaryoning quyi oqimlarida yashagan. Zarafshon vodiysida yashovchi M.larning bir kismi o’troq o’zbeklarga aralashib, o’z urug’nomlarini unutgan- lar.M. etnogenezi to’liq o’rganilmagan. Ayrim olimlar mil. AV. 6-a. va mil. 1-a. o’rtalarida shim. Mesopotamiyada, Eron- da, Ozarbayjonda (Urmiya ko’li atrofi- da), Armanistonning tog’li hududlarida yashagan, Gerodot, Gekatey, Strabon, Po- Libiy kabi antik tarixchilar matienlar deb nomlagan xalqlarni M.larning ilk ajdodlari deb taxmin qiladilar. Ad.: Materiali Vserossiyskoy Pere- Pisi, VIP. 5, ch. T., 1923; materiali po rayonirovaniyu Sredney Azii, kn.1,ch,1, Buxara — T., 1926.