Mitra
Mitra — qadimda Hindiston, Eronda bosh xudolardan biri. Mitraga yorug’lik, pokizalik va haqiqat xudosi sifatida e’tiqod qilingan. Miloddan avvalgi 6-asrdan Mitraga sig’inish kichik Osiyo hamda Furot va Dajla daryolari oralig’ida tarqaldi. Keyinroq Mitraga sig’iniladigan alohida din—mitraizm paydo bo’ldi. Bu din ellinlar orasida, milodiy 1-asrdan boshlab Rimda, 2-asrdan butun Rim imperiyasida mashhur edi.