Mitti yulduzlar
Mitti yulduzlar, karlik yulduzlar — o’rtacha kattalikdagi yulduzlardan ko’ra kichik va unchalik yorug’ bo’lmagan yulduzlar. Mitti yulduzlarning ko’pchiligi Gersshprung — Ressell diagrammasadagi asosiy chiziqning pastki kismida joylashgan. Mitti yulduzlarning o’rtachazichligi 1 dan 60 g/ sm3 gacha. Mitti yulduzlar oq va qizil yulduzlarga bo’linadi. Oq Mitti yulduzlarning hajmi yer hajmiga yaqin bo’lib, juda katta zichlikka ega.