Mizoj
Mizoj (Arab)., temperament — shaxs faoliyatining individual xususi- yatlari, ya’ni alohida psixik jarayon va holatidagi tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik jihatdan nerv si- stemasi faoliyatining tiplariga bog’liq. Bu kishidagi hissi-yotning qo’zg’alishi va uning umumiy harakatchanligida namoyon bo’ladi. Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu organizmning atrof muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan IX- tiyorsiz reaktsiyalarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomon- dan kishining imo-ishoralari (mimika- si)da ifodalanadi. Kishi hissiyotining bunday qo’zg’aluvchanlik xususiyatlari diqqatyaing kuchi va barqarorligida, iro- da sifatlarida, akliy jarayonlar, jum- ladan, nutq tezligida aks etadi. Ixti- yorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab kishilar sustkash, la-pashang yoki tezkor, betoqat, serg’ayrat kabi sifat- larga ajratiladi. Shu xildagi indi- vidual xususiyatlardan kishining M.i tarkib topadi. M. tushunchasi Gippokrat davridayoq ma’lum bo’lgan. M. haqida 2 xil nazariya — gumoral va morfologik nazariya muvjud. Gumoral nazariya eng qad. bo’lib, unga ko’ra, M. organizmdagi muayyan suyuqlik (xilt)lar xususiyatlari b-n bog’liqdir. Bu nazariyada Gippokrat ta’limoti asosiy o’rinda turadi. Unga ko’ra, odam M.ining turlicha bo’lishi organizmdagi 4 suyuqlik — qon, safro, balg’am, qora o’tning nisbati b-n bog’liq. Organizmdagi qaysi suyuqshkning ustun bo’lishiga qarab, odam M.i jihatdan 4 tipga: sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatik M.larga bo’linadi. Bu ti- plarning psixologik tavsifini I. Kant sistemalashtirgan. Shunga muvofiq, sangvinik M. chaqqon, ildam, har xil voqealarga hozirjavob, g’am-g’ussa va muvaffaqiyatsizliklarga bardoshli, ta- assurotlarni jo’ngina o’zgartira oladi- gan xususiyatlarga ega shaxs M.i. Xolerik M.lilar jo’shqin, qiziqqon, serjaxl, serzarda, kayfiyati tez o’zgaradigan kishilardir. Melanxolik M. egalari jur’atsiz, hadiksiraydigan, arzimagan narsadan juda tashvishlanadigan, yuv- vosh, sustkash bo’ladilar. Flegma-t i k M. —suet harakat, vazmin, sovuqqon, turg’un kayfiyatli, ruhiy holati tashqaridan yaxshi sezilmaydigan xususiyatli shaxs M.i. Morfologik nazariya (E. Krechmer va u. Sheldon) M.ni tana tuzilishiga va tashqi qiyofasiga qarab belgilaydi. M.ning Markaziy nerv sistemasi b-n bog’liq ilmiy nazariyasini I. P. Pavlov ishlab chiqqan. U nerv sistemasini 3 aso- siy xususiyatga: qo’zg’alish va tormozla- nish kuchi, bu jarayonlarning muvozanati va ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini anikdadi. Fanning hoz. taraqqiyot bosqichida psi- xologlar M.ning oliy nerv faoliyati Xu- susiyatlari b-n bog’liqligi to’g’risidagi g’oyalarni ishlab chiqishdi. Mizoram — Hindistonning shim.-g’arbiy kis- midagi shtat, Sharq va Jan. tomondan Myanma, g’arbda Bangladesh b-n chegara- dosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 891 ming kishi (2001), asosan, Tibet-Myanma guruhi xalqlaridan iborat. Ahsshining katta qismi Mizo va ingliz tillarida so’zlashadi. Ma’-muriy markazi — Ayv- zol sh. M. 1972 y.gacha Assom shtati tarki- bidagi okrug, o’sha yildan itti-foqsosh hudud maqomini olgan. 1987 y. Fev. oyi- dan Hindistonning teng xuquqli shtati. Shtat hududining katta qismi tog’lardan iborat. Bal. 1000— 2000 m. Iqlimi nis- batan salqin, faqat Jan. da issiq va ser- nam. Yillik yog’in shim. da 2100 mm dan Jan.da 3500 mm gacha. M.— agrar shtat. Shtat aholisining 60% q.x.da band. Asosiy ekini — sholi; shuningdek, makkajo’xori, paxta, kartosh- ka, tamaki, shakarkamish, sabzavotlar ham ekiladi. Mevali boglar, choy plan- tasiyalari bor. Chorvachilikda, asosan, cho’chqa boqiladi. Tog’li r-nlarning V, qismi o’rmon. Sanoatida o’rmon sa-noati etakchi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qo’lda turli matolar, gilam to’qiladi, qamishdan shlyapalar, savatlar yasaladi. Ipakchilik, elektronika, oziq-ovqat sa- noati korxonalari, konserva, sharbatlar i.ch., yog’moy, choy z-dlari mavjud. Konchi- lik rivojlangan.