Modal so’zlar

Modal so’zlar (lot. Modalis — o’lchov, usul) — so’zlovchining o’z Fi- kriga turlicha munosabatini anglata- digan va fikrning anikligi, rostligi, gumonli yoki shartliligini ifodalash uchun xizmat qiladigan so’zlar; shaklan o’zgarmasligi b-n tavsiflanadi, ran bo’lagi vazifasida kelmaydi, gapning boshqa bo’laklari b-n sintaktik aloqaga kirishmaydi; butun fikrga yoki uning biror qismiga taallukli bo’lib, odat- da, kirish so’z bo’lib keladi. M.s. 2 katta guruhga bo’linadi: fikrning aniqligini ifodalovchi M.s. Bularga rostlik, tasdiq-ishonch, qat’iylikni bildiruvchi so’zlar (darhaqiqat, haqiqatan; albatta, shubhasiz, so’zsiz va sh.k.) kiradi. FIK- rning noaniqligini ifodalovchi M.s. Bularga taxmin, gumon, tusmol kabi ma’- nolarni ifodalovchi so’zlar (shekilli, chog’i, chamasi; ehtimol, balki, aftidan va b.) kiradi. M.s.nutqda pauza, yozuvda ver- gul b-n ajratiladi. M.s. takror qo’llansa yoki emosional mazmunli so’z b-n birga kelsa, ma’no kuchayadi. So’zlashuv nutqida birdan ortik modal so’z qo’llanishi mum- kin. M.s.ni fikrning o’zaro munosabati (xullas, demak, binobarin, qisqasi, umu- man, masalan, chunonchi, jumladan, aksin- cha, avvalo, avvalambor, nihoyat), e’tibor- ni tortish (aytganday, aytmoqchi, zotan), ta’kid (xususan, ayniqsa), emosional ma’no (koshki, zora, Yaxshiyamki, xayriyat, attang, afsuski, ajabo) kabilarni angla- tuvchi modal ma’noli so’zlardan farklash kerak. M.s. va modal ma’noli so’zlar o’zaro yaqin bo’lib, ularning har biriga xos belgi-xususiyatlarni aniqlash funk- tsional grammatikaning dolzarb vazifa- laridandir. Ibodulla Mirzaev.