MODDIY JAVOBGARLIK

MODDIY JAVOBGARLIK – mehnat huquqi bo’yicha mehnat shartno- masi taraflari (xodim va ish beruvchi) ning bir-birlariga etkazgan zarartl qonunda belgilangan miqdor va tartib- da qoplash majburiyati. Mehnat shar- tnomasi yoki unga qo’shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shu- ningdek, jamoa shartnomasipz. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy ja- vobgarligi aniqlashtirib qo’yilishi mumkin. Bunda shartnoma bo’yicha ish beruvchining xodim oldidagi javob- garligi qonunda nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko’p bo’lishi mumkin emae zarar etka- zilganidan keyin mehnatga oid munosa- batlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini M.j.dan ozod qilishga sabab bo’lmaydi. Qonunga bi- noan, mehnat shartnomasining bir ta- Rafi g’ayriqonuniy nojo’ya xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasi- da boshqa tarafga etkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo’ladi. Ba’zan ish be- ruvchi aybi bo’lmagan hollarda ham M.j. bo’ladi. Mas, ish beruvchi yuqori xavf manbai natijasida xodimning sog’lig’iga etkazilgan zarar uchun moddiy javobgar qilinishi mumkin. Zarar kim tomonidan etkazilganiga qarab, M.j.ning 2 turi ish beruvchiga etkazilgan zarar uchun xo- Dimning moddiy javobgarligi hamda i.ch.da xodimning sog’lig’iga shikaet et- kazilgani uchun, shuningdek, xodimni mehnat qilish imkoniyatidan mahrum etgani (g’ayriqonuniy ravishda ishdan bo’shatganlik) uchun ish beruvchining mod- diy javobgarligi farklanadi. M.j. b-n bog’liq masalalar O’zRning mehnat kodek- si (12-bob), “xodimlarga ularga mehnat vazifalarini bajarish b-n bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga cha- linishi yoki salomatlikning boshka xil shikastlanishi tufayli etkazilgan za- rarni ish beruvchilar tomonidan to’lash qoidalari” (1994 y. 1 Fev.) asosida hal etiladi. Bundan tashqari, taraflarning moddiy javobgarligi to’g’risidagi ish- larni ko’rishda sudlar amal qiladigan boshqa tegishli normativhuquqiy xuj- jatlar bor. Mehnat qonunchiligida M.j.ning 2 turi: cheklangan va to’liq M.j. belgi- langan. Cheklangan miqdordagi M.j.ning ham 2 turi mavjud: a) xodimning o’rtacha oylik ish haqidan oshmaydigan mikdor- dagi bevosita etkazilgan haqiqiy zarar uchun M.j.; b) xodimning 3 oylik Mao- shidan oshmaydigan mikdordagi M.j. To’liq M.j.da esa etkazilgan zarar hech qanday cheklashlarsiz to’liq qoplanadi. Amaliyotda xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmagan cheklangan mik- dordagi M.j. ko’proqqo’llanadi. O’zR Mehnatkodeksining 201moddasida o’z mehnat burchini bajarayotganda etka- zilgan haqiqiy zarar miqdori xodim- ning o’rtacha oylik ish haqi mikdori doirasida M.j.ni keltirib chiqarishi ta’kidlangan. Mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni g’ayriqonuniy ravishda boshka ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan mansab- dor shaxslar 3 oylik maoshi mikdori- da M.j.ka tortilishi ko’zda tutilgan. O’rtacha oylik ish haqi zarar etkazilgani anikdangan kundan boshlab hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, etkazilgan zarar mikdo- ri xodimning oxirgi 2 oylik ish haqi maoshi yuzasidan hisoblab chikarila- Di. Agar zarar mikdori undan ortiq bo’lmasa, faqat haqiqiy zararning o’zi undiriladi. Qonunda korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbar xodimlari va mansabdor shaxslar ham etkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda o’rtacha oy- lik maoshidan ortiq bo’lmagan mikdorda M.j.k.ga tortilishi belgilangan: mehnat daftarchasi berilmagani sababli korxo- na tomonidan xodimga — majburiy Pro- gul vaqti uchun haq to’langan taqdirda; vagonlarning belgilangan vaqtdan ortiq turib qolishida xodim aybdor bo’lgan taqdirda. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, etkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda xodimga to’liq M.j. yuklatila- Di: maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun; bir gallik hujjatlar asosida olin- gan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun; qasddan zarar etkazilganda, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik va toksik modda ta’siri- dan mastlik holatida zarar etkazilgan- da; xodimning sud hukmi b-n anikdangan jinoiy harakatlari natijasida zarar etkazilganda; tijorat sirlari oshkor etilganda; qonunlarda, shuningdek, O’zR hukumat qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 18 yoshga to’lmagan xodim- lar faqat qasddan etkazilgan zarar uchun, alkogollik ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish natija- sida etkazilgan zarar uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladi. Anvar Inoyatov.