Mol-mulk solig’i

Mol-mulk solig’i – mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlar- da mavjud. O’zbekistonda yuridik shax- slarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining o’rtacha yillik balans qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan erlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning o’rtacha yil – lik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar o’zlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortig’ini eksportga chiqarsa, mol- mulk solig’idan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartirala- ri, chorbog’va bog’uylari, Garajlar va b. imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, engil, avtobuslar, mikroavtobuslar va b.), motorli qayiklar, vertolyotlar, sa- mo-lyotlar va b. transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq to’laydilar. Ularga qarashli bo’lgan uy-joylar, kvartiralar, dala va bog’ hovlilardagi uy-joylari, inshootlar va b. qiymatining, agar ularning 1998 y. 1 yanv.gacha qayta inventarlashtirish qiymati hisoblab chiqilgan bo’lsa 0,5%, qayta hisoblab chiqilmagan bo’lsa, 7% mikdorida M.-m. s to’laydilar (2003). O’zR Soliqkodeksi, Respublika Vazir- lar Mahkamasining maxsus qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslardan undi- riladigan M.-m. s.ni kamaytirish, bu soliq bo’yicha imtiyozlar berish yoki ozod etish tartibi mavjud. Muhammadjon Nig’matov.