Moldavanlar
Moldavanlar (o’zlarini moldoven deb atashadi) — Moldaviyada yashovchi xalq (2,8 million kishi, 1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, Ukraina (324 ming kishidan ortiq), Rossiya (170 ming kishidan ortiq), Qozog’iston (33 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Moldavan tilida so’zlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar.