Moldiboev Abdilas
Moldiboev Abdilas [1906.24.6 (7.7), Qirg’iziston, Kemin tumani — 1978.31.5, Bishkek] — qirg’iz kompozi- tori va xonanda (tenor). Qirg’iziston xalq artisti (1937), qirg’iz kompozi- torlik musiqasi asoschilaridan. Mo- skva konservatoriyasida ta’lim olgan (1940-41 va 1947-50). Qirg’iziston musiqali drama teatrida (1933 y.dan), Qirg’iziston opera va balet teatrida (1942 y.dan) xonanda. Qirgiziston kom- pozitorlar uyushmasi raisi (1939— 67). V. Vlasov, V. Fere b-n xamkorlikda “oy- churek” (1939), “Manas” (1946) birinchi qirg’iz operalari, A. Veprik, M. Abdraev b-n hamkorlikda qirg’iz davlat madhiyasi (1946), “To’xtag’ul” operasi (1958) ni yaratgan. Ommaviy va bolalar qo’shiqlari, romanslar, xor asarlari muallifi. Musikali drama va operalarda Kulcho- ronun, Sirgak (“Oychurek”, “Manas”), Teltey (“Aydar va Oysha”, A. Omonbo- eV va b.), Asker (“Arshin mol olon”, u. Hojibekov), To’le-gen (“qiz Jibek”, E. Brusilovskiy) va b. partiyalarni Max- rrat b-n ijro etgan. To’xtag’ul nomidagi Qirg’iziston Davlat mukofoti laureate (1970). Kirgiz opera va balet teatriga M. nomi berilgan.