Molekula
Molekula (lot. moles — massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xos- salarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud bo’la oladi. M.ning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular o’rtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bog’liq. Hoz. vaqtda M.ning tuzilishini ki- myoviy usullar b-n bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin. M.larning tuzilishi b-n ular- ning xossalari o’rtasidagi bog’lanishni bilish mo’ljallangan xossaga ega bo’lgan moddalar olish yo’llarini ancha oson- lashtiradi. M.da atomlarning soni ikki- tadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) etishi mumkin. M. to’g’risidagi tushunchani 17-a. da ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-a.da M. V. Lomonosov M. (“korpuskula”) tushun- chasini ta’rifladi. 1811 y.daa. Avoga- dro M.ning atomdan farqini, moddalar- ning kimyoviy reaktsiyaga kirishuvchi eng kichik bo’lagi ekanligini qayd qildi. M. tushunchasi 1860 y.da ko’pchilik olimlar tomonidan uzil-kesil e’tirof etildi. M.ning mavjudligi turli hodisalar — diffuziya, Broun harakati, roentgen nurlarini difraktsiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi. Kvant mexanikasi nazariyasi yordami- da M.ning tuzilishini chuqur o’rganish mumkin bo’ldi. M. ilgarilama va aylanma harakatda bo’lishi b-n bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham turlicha harakat qiladi. M.ni tashkil etgan atomlar- ning yadrosi tebranma harakatda bo’ladi va yadro bu harakatida o’zi b-n tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashti- radi. Elek-tronlar yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant mexanika- si qonuniga bo’ysungan holda ro’y beradi va M. bir necha xil kvant holatda bo’lib, potentsial energiyaga ega. M.ning poten- tsial energiyasi, asosan, atomlar yadrola- ri urtasidagi masofaga bog’liq. Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga bog’liq. Shunga ko’ra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi). M.dagi ichki harakat bir necha xil bo’lib, anchagina mu- rakkab. Shunga ko’ra, uning spektri ham murakkabdir. Elek-tronlarning M.ni tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisba- tan xarakati b-n bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda bo’ladi. Shunga qarab, M.ning spektri — elektron, te- branma va aylanma spektriga bo’linadi. Shu harakatlarda sodir bo’ladigan ener – giya o’zgarishlari natijasida yo’l-yo’l spektr olinadi. M. spektri ultrabi- nafsha, ko’zga ko’rinadigan va infraqizil sohalarda ko’riladi. M.ning spektrlari- ni tekshirib, uning kanday elementlar- dan tashkil topgani, atomlar orasidagi bog’larning tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin.